Özbekistondagi moliyaviy-texnologik kompaniyalardan biri bölgan Paynet jamiyat va tabiat oldidagi öz mas’uliyatini tan oladi. Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 23 noyabrdagi PF-199 sonli Farmoniga asoslanib, kompaniya Orol dengizi tubidagi ekologik vaziyatni yaxşilaş böyiça milliy dasturni qöllab-quvvatlaş töğrisida qaror qabul qildi.

Birlaşgan Millatlar Taşkiloti taraqqiyot dasturi (BMTTD) tomonidan taşkil etilgan “Green Aral Sea” dasturi doirasida Paynet Orol dengizi tubiga saksovullarni ekiş uçun 300 mln söm mablağ ajratdi. Uşbu loyiha mintaqaning ekotizimini tiklaş, havo va tuproq sifatini yaxşilaş, şuningdek, kelgusi çöllanişning oldini olişda muhim ahamiyatga ega.
Orol dengizi qurişining ekologik oqibatlari şunçaki quruq gaplar emas — ularni mahalliy aholi va mintaqaning butun tabiati his qilmoqda. Orol dengizining qurişi oqibatlari allaqaçon havo sifati va mahalliy aholi yaşaş şaroitlarining yomonlaşişi orqali sezilmoqda. Bunday ekologik taşabbuslar nafaqat alohida kompaniyalar, balki umuman jamiyat tomonidan qöllab-quvvatlanişi muhim, zero uşbu muammolarni hal qiliş hamkorlikdagi sa’y-harakatlarni talab etadi.

Saksovul nafaqat qumlarni mustahkamlaydigan, balki mikroiqlimni yaxşilaydigan, tabiatni va mahalliy birlaşmalarni himoya qiladigan noyob ösimlikdir.
“Biz umumiy qaraşlarimizni hayotga tatbiq etişda yordam beradigan Paynet kabi “yaşil çempionlar” borligidan xursandmiz. Uşbu yordam tufayli biz nafaqat ekinlar ekamiz, balki Orol dengizi muammosidan zarar körgan odamlar uçun barqaror kelajakni yaratamiz”, deydi BMTTDning Özbekistondagi doimiy vakili Akiko Fudzii.

Paynet kompaniyasi bunday taşabbuslarda iştirok etiş biznes doirasidan çiqadi va atrof-muhitni yaxşilaşga qaratilganligiga işonadi.

“Biz uçun bu şunçaki loyihani qöllab-quvvatlaş emas, balki jamiyat oldidagi burçimizni ado etiş imkoniyatidir. Umid qilamizki, biz qöşgan hissa boşqa kompaniyalarni ham uşbu muhim vazifaga qöşilişga ruhlantiradi”, deydi “Paynet” AJ boş direktori Anvar Isamuxamedov.












