Toşkent şahrida qalbaki dollarlarni sotayotgan şaxslar uşlandi.
Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berişiça, Yangihayot tumanida fuqarolar M.A, I.A. va boşqalar Yangi Sergeli köçasidagi savdo majmuasi avtoturargohida 100 dollarlik kupyuradagi jami 9 ming qalbaki dollarni fuqaro B.Z.ga 5 ming dollariga sotgan vaqtida uşlandi.
Qalbaki kupyuralar aşyoviy dalil sifatida olingan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qoğozlar yasaş, ularni ötkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.












