Rossiya 21 noyabr kuni Ukrainaga uçirgan örta masofaga möljallangan «Oreşnik» eksperimental ballistik raketasini seriyali işlab çiqariş böyiça allaqaçon qaror qabul qilingan. Bu haqda Vladimir Putin Kremlda Mudofaa vazirligi rahbariyati va harbiy sanoat kompleksi vakillari bilan bölib ötgan uçraşuvda ma’lum qildi.

Strategik raketa kuçlari qömondoni Sergey Karakayev «Oreşnik» raketasini qurollanişga oliş taklifini bergan. «Şunday qilamiz», — deya javob qaytargan RF prezidenti. Karakayevning sözlariga köra, yangi raketa butun Yevropa hududidagi nişonlarni işğol etişi mumkin, uni ommaviy qöllaşni esa yadroviy quroldan foydalanişga taqqoslasa böladi.

«Yangi tizim sinovini davom ettiramiz. Seriyali işlab çiqarişni yölga qöyişimiz kerak. Uşbu tizimni seriyali işlab çiqariş böyiça qaror qabul qilingan deb hisoblaymiz. Umuman olganda, u deyarli taşkillaştirib bölingan. Mazkur qurolning öziga xos kuçini inobatga olgan holda u aynan Strategik maqsadli raketa qöşinlari qurollanişiga yetkazib beriladi», — deydi Putin.

Prezident yangi «Oreşnik» raketa tizimini Rossiya «hududiy yaxlitligi va suverenitetining işonçli kafolati» deb atadi. «Yaxşi bilamizki, bunday qurol hozirça dunyoda heç kimda yöq. Qöşimça qilaman, bu kabi raketaga qarşi va uni tutib qoluvçi vositalar bugungi kunda dunyoda yöq, mavjud emas», — deya ta’kidladi Putin. U «Oreşnik» raketalar tizimini yaratganlar davlat mukofotlariga taqdim etilişini va’da qildi.

Putinning sözlariga köra, Rossiyada «Oreşnik» tizimidan taşqari yana bir neçta şu kabi tizimlarni yaratiş ustida iş olib borilmoqda. «Sinovlar natijasi böyiça, uşbu qurollar ham seriyali işlab çiqarişga yuboriladi», — deydi Putin.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 21 noyabr kuni Ukrainaning Ğarbda işlab çiqarilgan uzoq masofaga möljallangan raketalar bilan Rossiya hududiga berilgan zarbalariga javoban Rossiya nima qilgani haqida kutilmaganda batafsil ma’lumot berdi. Xususan, u Dniprodagi «Yujmaş» korxonasiga «Oreşnik» eksperimental ballistik tizimi orqali uyuştirilgan hujum haqida gapirdi. RF prezidentining ma’lum qilişiça, Rossiya uşbu sinovni Ukraina Qurolli kuçlari (UQK) 19 va 21 noyabr kunlari Bryansk hamda Kursk oblastlaridagi nişonlarga ATACMS hamda Storm Shadow raketalari yordamida uyuştirilgan hujumga javob tariqasida amalga oşirgan.