Gaz zaxiralarining tez tugaşi va Rossiya ta’minotidagi uzilişlar Yevropada yangi energetika inqirozi uçun dastlabki şaroitlarni yaratmoqda. Ukrainadagi uruş joriy yilda gaz narxining taxminan 45 foizga oşişiga yordam berdi, deb yozdi Bloomberg.

Qayd qilinişiça, narx hali ham 2022 yilgi rekord darajadan past bölsa-da, bu uy xöjaliklari uçun inqirozni kuçaytiriş va allaqaçon qiyinçiliklarni boşdan keçirayotgan işlab çiqaruvçilarga bosimini oşiriş uçun yetarliça yuqori.

Gaz omborlari eng sovuq davrlarda qutqaruvçi vositadir, biroq bu yil sovuq harorat isitişga talabni oşirmoqda va qurğoqçilik elektr energiyasini işlab çiqariş uçun gazdan köproq foydalanişga majbur qilgan, oqibatda zaxiralar tezda kamayib bormoqda.

Garçi Yevropa Ittifoqi Rossiyadan gaz qaramligini kamaytirgan bölsa-da, gaz ta’minotining navbatdagi yöllaridan birining yöqotilişi gaz bozoriga yanada katta bosim ötkazadi va jahon narxlarining keskin oşişiga olib keladi. Yevropa allaqaçon yil oxirida Rossiya gazining Ukraina orqali yetkazib berilişini töxtatilişiga hozirdan tayyorgarlik körmoqda.

Tizimga bosimning yana bir noodatiy belgisi şundaki, gaz arzon bölişi kerak bölgan yoz uçun narxlar keyingi qişga qaraganda yuqori. Bu şuni körsatadiki, energiya xarajatlari uzoq vaqt davomida yuqori bölib qoladi va qişki zaxiralar darajasi qançalik past bölsa, ularni töldiriş şunçalik qiyin böladi.

Xalqaro energetika agentligi ijroçi direktori Fotih Birol xavotiriga köra, 2025 yil 1 yanvarda Rossiya yoqilğisining Ukraina orqali tranziti töxtasa, Yevropa qiş oxirigaça yetadigan zaxiraga muhtoj.

Avvalroq AQŞ Rossiyaning eng yirik banklaridan biri «Gazprombank»ga qarşi sanksiyalar kiritdi. Sababi: Moskva undan harbiy texnika sotib oliş va harbiy xizmatçilar va ularning oilalariga tölovlar qilişda foydalangan. Şu bilan birga, hali ham Rossiya gazini sotib olayotgan Yevropa davlatlari ta’minot uçun tölovni «Gazprombank» orqali amalga oşiradi va sanksiyalar joriy etilişi bu imkoniyatni yopişi mumkin.