Front çiziğidagi vaziyat yuzasidan “Geosiyosat” dasturi tahlilçilari şarhi.

Abduvali Soyibnazarov: Frontdagi vaziyatni baholaydigan bölsak, hozirça keng kölamli özgarişlar kuzatilmayapti. Harbiy harakatlar asosan pozitsion janglar şaklida davom etmoqda. Xususan, Zaporijjya va Xerson yönalişlarida front çiziği deyarli özgarmagan. Rossiya ommaviy axborot vositalarida vaqti-vaqti bilan ayrim kiçik aholi punktlari egallangani haqida xabarlar berilmoqda, biroq bu frontdagi umumiy vaziyatni tubdan özgartiradigan darajadagi siljişlar emas.

Eng şiddatli janglar Donbassda, ayniqsa Donetsk viloyatida davom etyapti. Hozirgi vaqtda asosiy e’tibor Konstantinovka, Drujkovka, şuningdek, Kramatorsk va Slovyansk yönalişlariga qaratilgan. Turli manbalarda Rossiya qöşinlari uşbu yirik aglomeratsiyalarga tobora yaqinlaşayotgani haqida xabarlar bor. Xuddi şunday, Ukraina qöşinlari Dnepropetrovsk yönalişida qariyb 300 kvadrat kilometr hududni nazoratga olgani haqidagi da’volar ham ehtiyotkorlik bilan baholanişi kerak.

Boşqa yönalişlarda ham vaziyat sezilarli özgarmagan. Harkiv va Sumi viloyatlarida pozitsion janglar davom etmoqda. Şu bilan birga, front çiziğidan uzoqroq hududlarda Rossiya uzoq masofali zarbalarni kuçaytirgan. Xususan, Nikolayev va Odessa viloyatlariga “Geran-2” dronlari, ballistik va qanotli raketalar bilan muntazam hujumlar uyuştirilmoqda. Sönggi paytlarda Rossiya “Banderol” qanotli raketalaridan ham faol foydalanayotgani kuzatilmoqda. Bu hujumlar, avvalo, Odessa viloyatidagi port infratuzilmasiga qaratilgan. Çernomorsk, Yujniy, Izmail va boşqa portlar muntazam nişonga olinayotgani sababli dengiz qatnovi sezilarli darajada qisqargan, ayrim yönalişlarda esa deyarli töxtab qolgan.

Natijada Ukraina portlari faoliyati jiddiy çeklanib, xorijiy yuk kemalari xavfsizlik nuqtayi nazaridan köpinça Ruminiya portlariga yönalişni afzal körmoqda. Biroq bu vaziyatni faqat Rossiya taşabbusni qölga olgani sifatida talqin qiliş ham töğri bölmaydi. Ukraina ham front ortidagi Rossiya harbiy va logistika ob’yektlariga uzoq masofali zarbalar berişda davom etmoqda hamda ayrim yönalişlarda muvaffaqiyatli operatsiyalarni amalga oşirmoqda.

Şuhrat Rasul: Drujkovkada keng kölamli janglar boşlanişi uçun, avvalo, Rossiya qöşinlari Konstantinovkani töliq nazoratga olişi kerak. Taxminan uç hafta avval Rossiya Qurolli kuçlari Boş ştabi boşliği Valeriy Gerasimov prezident Vladimir Putinga Konstantinovka egallangani haqida hisobot bergan edi. Bu avvalroq Kupyansk bir neça bor “egallangani” haqida berilgan, ammo keyinçalik tasdiğini topmagan bayonotlarni eslatadi.