Rossiyaning "Azimut" aviakompaniyasining Soçidan uçgan Sukhoi Superjet 100 samolyoti Turkiyaning Antaliya şahri aeroportiga qönganidan söng yonib ketdi. 24 noyabr, yakşanba kuni sodir bölgan voqeani Rosaviatsiya matbuot kotibi Artem Korenyako özining Telegram'dagi kanalida tasdiqladi.
Keyinroq u Rossiyaning Antalyadagi boş konsulligiga tayangan holda aniqlik kiritişiça, hodisa oqibatida samolyot yölovçilaridan heç biri jabrlanmagan. Samolyot komandiri yölovçilarni maxsus traplar yordamida evakuatsiya qilişga qaror qildi. Aviakompaniya qurbonlar yöqligini tasdiqladi. Uning qöşimça qilişiça, "Azimut" ortga qaytiş uçun zaxira samolyot tayyorlamoqda. Turkiya Transport vazirligi ma’lumotlariga köra, samolyotda 95 kişi bölgan. Antalya aeroporti bortda 91 kişi bölganini ma’lum qildi.
Korenyakoning sözlariga köra, kemadagi yonğin Turkiya aeroportining qutqaruv guruhi tomonidan tezda öçirilgan.
AirportHaber Turkiya aviatsiya portali xabariga köra, Superjet 100 dvigateli yonib ketgan. Mash Telegram-kanalining yozişiça, samolyot qöniş vaqtida çap qanoti bilan uçiş-qöniş yölagiga urilgan bölişi mumkin.
Aviakompaniya ma’lumotlariga köra, Superjet kuçli yomğir va şamol tufayli noqulay ob-havo şaroitida qattiq qönganidan söng yonib ketgan.
Iyulda Moskva oblastida Superjet 100 halokatga uçradi
2024 yil 12 iyul kuni Moskva oblasti Kolomenskiy rayonida bortida yölovçilar bölmagan Sukhoi Superjet 100 samolyoti halokatga uçradi. Bort kuzatuvçisi va unda bölgan ikki uçuvçi halok böldi. Samolyot 2014 yilda çiqarilgan va "Gazpromavia" kompaniyasiga tegişli edi. 2019 yildan beri u bilan uçta texnik nosozliklar haqida xabar berilgan.
Xususan, 2019 yilda samolyotning çap dvigateli reversi işlamay qolgan, 2022 yilda konditsioner tizimi işdan çiqqan, 2023 yilda esa yonilği kamligi tufayli u Noviy Urengoy aeroportiga favqulodda qöngan.












