Suhbat çoğida ikki davlat örtasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari va qöşma taşabbuslarni amalga oşiriş mexanizmlari muhokama qilindi.

Pokistonlik siyosatçi ikki mamlakat örtasidagi munosabatlarning joriy holati döstona va samimiy ahamiyat kasb etayotganligini qayd etdi. Oliy darajadagi muloqot aloqalarni jadal rivojlantiriş imkonini berayotgani ta’kidlandi. Şu ma’noda Özbekiston prezidenti va Pokiston boş vazirining joriy yildagi ŞHT sammiti doirasidagi samarali uçraşuvini davlatlar yetakçilari örtasidagi hamfikrlikning oliy namunasi bölganligi e’tirof etildi.

"Oldimizda turgan asosiy vazifa – davlatlarimiz yetakçilarining kelişuvlarini aniq loyihalar şaklida röyobga çiqişni ta’minlaş. Faqat şu yösindagi hamkorlik orqali mamlakatlarimiz taraqqiyot sari ildam odimlaşi mumkin", - dedi Tariq Fotemi.

Maxsus yordamçi, şuningdek, iqtisodiy hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratib, Transafğon temiryöli qurilişining tez muddatlarda boşlanişi muhimligini qayd etdi.

Bundan taşqari, Pokiston tomoni mamlakatlar örtasida aviaqatnovlarning qayta tiklanayotganini yuqori baholab, ikki davlat örtasidagi parvozlar geografiyasini yanada kengaytiriş zarurligiga urğu berdi.

Ikki davlat hududlari delegatsiyalarining özaro taşriflarini taşkil etiş orqali hududlararo aloqalarni jonlantiriş va uzoq muddatli munosabatlarni yölga qöyiş taşabbusi ilgari surildi.