Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qömitasi va Markaziy bankning «Iş beruvçilar tomonidan fuqarolarning şaxsiy jamğarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga majburiy jamğarib boriladigan pensiya badallarini hisoblaş va tölaş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida»gi qöşma qarori qabul qilindi.
Iş beruvçi yuridik şaxslar öz xodimlarining pensiya hisobvaraqalariga, mazkur yuridik şaxs xodim uçun asosiy iş joyi hisoblanişi yoki u örindoşlik asosida işlaşi yoxud fuqarolik-huquqiy şartnoma böyiça işlarni bajarişidan qat’i nazar, majburiy jamğarib boriladigan pensiya badallarini kiritişga majburdir.
Badallar pensiya hisobvaraqlariga jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliğini tölaş bilan birgalikda jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliğini tölaş uçun belgilangan muddatlarda ajratiladi. Bu tegişli tölov topşiriqnomasi vositasida amalga oşiriladi va unda omonatçining rekvizitlari, ötkaziş maqsadi, ötkazilayotgan jamğarib boriladigan pensiya badallarining summasi, “Xalq banki”ning tegişli filialiga yuboriladigan reyestrning raqami va sanasi körsatiladi.
Iş beruvçi har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 15-kuniga qadar badallar ötkazilgan har bir tölov hujjati summasiga alohida, belgilangan tartibda ŞJBPH raqamlari, har bir xodimning familiyasi, hisoblangan iş haqi va jamğarib boriladigan pensiya badallari summasi körsatilgan holda xodimlar reyestrlarini elektron hujjat sifatida şakllantirib, tegişli Xalq banki filialiga elektron manbalarda taqdim etişi yoki uni YaIDXP şaxsiy “tadbirkorlik sub’yekti kabineti” orqali yuborişi lozim.
Xalq banki har kuni Soliq qömitasiga pensiya badallari tuşumi töğrisidagi axborotni taqdim etadi.











