Xitoy sudi Bank of China direktorlar kengaşi raisi Lyu Lyangeni korrupsiya va noqonuniy kreditlar berişda ayblab, ölim jazosiga hukm qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Agentlik ma’lumotlariga köra, Lyange öz aybiga iqror bölgani uçun jazo muddati ikki yilga keçiktirilgan. Agar Lyu şu vaqt içida yangi jinoyatlar sodir etmasa, ölim jazosi örniga umrbod qamoq jazosi beriladi. Sud, şuningdek, Lyangeni siyosiy huquqlardan umrbod mahrum etdi va noqonuniy yöl bilan orttirilgan barça mulklarini musodara qilişni buyurdi.
Sud qaroriga köra, Lyange öz mansab mavqeidan foydalangan holda, pora evaziga köplab odamlarning lavozimini oşirgan. Umuman olganda, Lyange 121 million yuandan (taxminan 17 million dollar) ortiq pora olgan. Şuningdek, sud ma’lumotlariga köra, Lyu 3,32 milliard yuandan ortiq noqonuniy kreditlarni tasdiqlagan, bu esa 190 million yuandan ortiq yöqotişlarga olib kelgan.
2024 yil oktyabr oyida Xitoy Markaziy Banki rahbarining sobiq örinbosari Fan Ifey ham ikki yillik keçiktiriş bilan ölim jazosiga hukm qilindi. Sobiq amaldorga qarşi iş 386 million yuan (taxminan 55 million dollar) miqdoridagi pora bilan boğliq.









