Rossiyaning Sankt-Peterburg şahri politsiyasi noqonuniy migratsiyani taşkil etişda gumon qilingan mahalliy aholi va bir guruh şaxslarga nisbatan jinoiy iş qözğatdi. Bu haqda Tergov qömitasining Sankt-Peterburg şahri böyiça boş tergov boşqarmasi ma’lum qildi.
Qayd qilinişiça, jinoiy guruh tuzgan gumonlanuvçi 21 mingdan ortiq migrantni soxta manzilda röyxatga olgan.
«Tergov şuni aniqladiki, gumondor öz şeriklari bilan birgalikda jinoiy reja tuzib, pul mukofoti evaziga çet el fuqarolarini soxta manzil böyiça röyxatdan ötkazgan va patent rasmiylaştirgan. Şuningdek, ular faoliyat yuritmayotgan korxonani topib, uning ma’lumotlarini migrantlarning kelişi töğrisidagi bildirişnoma blankasida körsatgan», deyiladi boşqarma xabarida.
Ta’kidlanişiça, gumondorlar Sankt-Peterburg hududiga kelgan çet el fuqarolarini topib, ularni qabul qiluvçi tomon sifatida korxona ma’lumotlarini körsatgan holda migratsiya uçun soxta röyxatdan ötkazgan, şuningdek, patent bergan. Ular körsatilgan noqonuniy xizmatlar uçun pul mukofoti olgan.
Oktyabr oyida Rossiyada noqonuniy migratsiyani taşkil qilganlik uçun jazo kuçaytirilgan edi. Bu 8 yildan 15 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş va 3 milliondan 5 million rublgaça jarima bilan jazolanişi mumkin bölgan öta oğir jinoyat sifatida tasniflangan.
Yaşaş joyi böyiça soxta propiska qiliş va çet el fuqarosini soxta röyxatga oliş uçun ham jazo 5 yilgaça ozodlikdan mahrum etişni nazarda tutadi.









