Bu efir juma kuni bölib ötgandi — va şundan keyin Roganning sözlari internetda amerikalik va ukrainalik foydalanuvçilar tomonidan faol muhokama qilindi. Köplab taniqli şaxslar, jumladan boksçi Volodimir Kliçko hamda Ukraina TIVning sobiq rahbari Dmitro Kuleba Ukraina prezidentining yonini olib çiqdi.

BBC Ukraina xizmatining Ukraina prezidenti ofisidagi suhbatdoşi butun tvitter bunga turli formatlarda aql bilan javob qaytargani, şu tufayli ofisdagilar qöşimça reaksiyaga zarurat körmayotganini aytib hazil qilgan.

U prezident ofisi bundan keyin ham Amerika auditoriyasi uçun ukrainlarning pozitsiyasini tuşuntirişda davom etişini ta’kidlagan.

Jo Rogan kim va u aynan nimalar dedi?

Jo Rogan — dunyodagi eng maşhur podkastlardan biri, YouTube va Spotify orqali efirga uzatiladiganThe Joe Rogan Experience dasturi muallifidir.

Uning har bir epizodi odatda millionlab marta köriladi — bu köp jihatdan, Roganning söz tanlab ötirmasdan, xayoliga nima kelsa gapiraveradigan boşlovçi sifatidagi imiji tufaylidir.

Rogan (çapda) saylovlarda Trampni qölladi va amerikaliklarni unga ovoz berişga çaqirdi

U faoliyatini stendap-komik sifatida boşlagan, ammo keyin AQŞda boks kommentatori sifatida şuhrat qozongan. Uni aralaş jang san’ati turlari (MMA) böyiça eng yaxşi şarhlovçi deb ataşgan.

Ilon Mask aynan Roganning efirida marihuana çekib körgandi — bu epizod hozirgaça internetda virusdek aylanadi.

Rogan koronavirusga qarşi vaksinalar töğrisidagi asossiz fitna nazariyalarini tarqatiş bilan ham şuğullangan va şu tufayli amerikalik maşhur rok-qöşiqçilar Nil Yang va Joni Mitçell Spotify striming platformasidan öz musiqalarini öçirib taşlaşni talab qilişgan.

Prezidentlik saylovlarida Jo Rogan oçiqçasiga Donald Trampni qölladi.

Juma kuni prodyuser Skott Storç mehmon bölgan epizod vaqtida u Zelenskiyni, özining fikriça, prezident Bayden bilan birgalikda Uçinçi jahon uruşi qözğayotgani uçun sökdi.

«Zelenskiy Putin qörquvda ekanini aytadi. Yöqol ***!» — degan Rogan. (Rogan «f*** you», ya’ni eng keng tarqalgan inglizça sökişni işlatgan). «Yöqol ***, odamlar! Siz [***] Uçinçi jahon uruşini boşlayapsiz!» — deya davom etgan u.