Aurus premial avtomobillar qatorida vertolyot paydo böladi. Vertolyot “Aurus-Ansat” deb nom olgan. Hozirda uning bazaviy versiyasi “Ansat”ni işlab çiqariş bilan Qozon  vertolyot zavodi şuğullanadi.

Uşbu vertolyot işlab çiqarilişi 2013 yilda boşlangan. U har biri 360 ot kuçiga ega ikkita Pratt & Whitney PW-207K aviatsiya motori bilan jihozlangan.

Vertolyot töliq bakda 510 km yöl uçib öta oladi, uning tezligi 275 km/soatni taşkil qiladi.  

Vertolyotning Rossiya rahbariyatiga möljallangan lyuks versiyasi Aurus sedani va limuzinini işlab çiqariş bilan şuğullanayotgan NAMI instituti va “Vertolety Rossii” davlat korporatsiyasi bilan hamkorlikda yaratiladi. 

“Aurus-Ansat” içi Aurus avtomobillari dizayniga monand işlanadi. Bu uning salonida qimmatbaho materiallar va boşqa haşamatlik elementlari bölişini nazarda tutadi.

Vertolyotning ilk namunasi joriy yozda MAKS-2019 aviaşousida namoyiş qilinişi kutilmoqda. Uning taxminiy narxi 10 mln rublni taşkil qiladi.