Ingliz tilining Oxford luğati yil sözini ommaviy ovoz beriş orqali tanladi. Bu brain rot (miya çirişi) iborasi böldi.

Brain rot iborasi Oxford luğati tomonidan «odamning aqliy yoki intellektual holatining taxminiy yomonlaşuvi» deb ta’riflangan jargon atama bölib, arzimas yoki oson hisoblangan material yoki onlayn kontentni haddan taşqari iste’mol qiliş oqibatida yuzaga keladi.

Tanlov sahifasida qayd etilişiça, bu ibora birinçi marta 170 yil avval Henri Devid Toroning «Uolden yoki örmondagi hayot» kitobida qöllangan. Bir yil davomida (2023 yildan 2024 yilgaça) undan foydalaniş çastotasi 230 foizga oşgan.

U past sifatli onlayn kontentni, ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotlarni haddan taşqari iste’mol qiliş oqibatlari haqida taşviş bildiriş uçun işlatiladi. Ovoz berişda 37 mingdan ortiq kişi iştirok etdi.

Qisqa röyxatga, şuningdek, «demure» (vazmin), «dynamic pricing» (narxning dinamik şakllanişi), «lore» (bilimlar töplami), «romantasy» (romantik fentezi) va «slop» (SI tomonidan yaratilgan past sifatli kontent) sözlari ham kiritilgan edi.

2023 yilda Oxford luğati birinçi marta ommaviy ovoz beriş orqali yil sözini tanladi va bu «goblin rejimi» jargon iborasi edi.