2025 yil Özbekistonda ötkazilişi rejalaştirilgan Osiyo yoşlar öyinlariga mezbonlik qiladigan davlat nomi özgardi. Bu haqda Osiyo Olimpiya kengaşi Instagram ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida ma’lum qildi.
«Osiyo Olimpiya kengaşi Özbekiston mezbonligida Toşkentda ötkazilişi rejalaştirilgan Yoşlar örtasidagi 3-Osiyo öyinlari 2025 yilda Bahraynda ötkazilişini ma’lum qiladi. Bugun, 2 dekabr kuni ötkazilgan taşkilot ijroiya qömitasi yiğilişida bu haqdagi qaror qabul qilindi», - deyiladi Osiyo Olimpiya kengaşi rasmiy axborotida.
Özbekiston Milliy Olimpiya qömitasi va «Toşkent-2025» Osiyo öyinlari direksiyasi direktori Oybek Kasimov Osiyo Olimpiya kengaşining bu qaroriga hozirça rasmiy munosabat bildirgani yöq.
Yoşlar örtasidagi yozgi Osiyo öyinlari 43 ta xorijiy mamlakatdan, kamida 9 ta sport turidan 14-17 yoşli sportçilar örtasida ötkazilişi rejalaştirilgandi.
Ma’lumot uçun, birinçi yoşlar örtasida yozgi Osiyo öyinlari 2009 yilda Singapurda, 2013 yilda Nankin (Xitoy), 2017 yilda Xambantotada (Şri-Lanka), ötkazilgan bölsa, 2021 yilda Şantau (Xitoy), 2025 yilda Toşkentda ötkazilişi belgilangandi.
Eslatib ötamiz, 2030 yilgi Osiyo öyinlari mezbonligi uçun Özbekistonning Toşkent va Samarqand şaharlari ham da’vogarlik qilişi rejalaştirilgan edi. Ammo Özbekiston 2030 yilgi Osiyo öyinlari mezbonligi uçun ariza topşirmagandi.












