Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Yashil olam» va «Yashil to‘lov» platformalari ishga tushirilmoqda
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida amalga oshiriladigan tadbirlarni qo‘llab-quvvatlash choralari belgilandi.
2025 yil 1 martdan jismoniy va yuridik shaxslarning ixtiyoriy xayriya ajratmalariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha «Yashil olam» va «Yashil to‘lov» platformalari joriy etiladi.
Hujjat bilan Ekologiya vazirligi huzuridagi Yashil xayriya jamg‘armasi to‘g‘risidagi Nizom va uning boshqaruv kengashi tarkibi tasdiqlandi.
Xayriyalar Ekologiya vazirligi huzuridagi Yashil xayriya jamg‘armasining maxsus hisobraqamiga yo‘naltiriladi va daraxt hamda butalarni ekishni tashkil etish uchun foydalaniladi.
Jamg‘arma mablag‘lari quyidagilarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi:
- daraxt va butalar ekish uchun ajratilgan yer uchastkalarini tayyorlash;
- daraxt va butalar ekish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish;
- daraxt va butalar ekilgan uchastkalarda sug‘orish tizimlarini o‘rnatish;
- daraxt, buta va qalamchalarni xarid qilish;
- hududni obodonlashtirish, dendrariylar, «yashil bog‘lar», «yashil jamoat bog‘lari», «yashil qalqon» va «yashil kamar» barpo etish ishlari;
- ekilgan ko‘chatlarni uch yil davomida saqlash ishlari;
- yirik o‘lchamli daraxt va butalarni yetishtirish hamda yetkazib berish.
Yashil xayriya jamg‘armasiga kelib tushadigan mablag‘lar jamiyat oldida shaffoflik va hisobdorlik tamoyillari asosida foydalaniladi.
2025 yil 1 iyunga qadar Milliy yashil farovonlik fondining elektron ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi va Davlat o‘rmon fondiga kiruvchi daraxt va butalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan o‘simlik dunyosi obektlarining davlat kadastri yuritiladi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
TSAHAL ilk bor Eron hujumi oqibatida harbiy obektlarga shikast yetganini tan oldi - Reuters
Jahon | 05:05
-
Interpol firibgarlik uchun qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosini Litvada qo‘lga oldi
Jamiyat | 23:47 / 08.07.2025
-
O‘zbekistonda IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish tartibi bekor qilinadi, xorijdan qaytgan fuqarolar majburiy tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:35 / 08.07.2025
-
AQSh import bojlaridan keladigan daromad 300 mlrd dollardan oshishini kutmoqda
Jahon | 23:23 / 08.07.2025