Jizzaxda bolaga nisbatan jinsiy zöravonlikda gumon qilingan erkak öz joniga qasd etdi

Jizzax şahrida erkak 10 yoşli bolani zörlab, söng öz joniga qasd qilgani aytilmoqda. Ijtimoiy himoya milliy agentligi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Dastlabki maʼlumotlarga köra, 2016-yilda tuğilgan bolaga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etilgani aniqlangan. Holat haqida jabrlanuvçining yaqin qarindoşi huquqni muhofaza qiluvçi organga xabar bergan.

Maʼlum qilinişiça, holat yuzasidan suriştiruv va tergov harakatlari olib borilmoqda. Gumon qilinuvçi A.R. protsessual harakatlardan söng, öz joniga qasd etgan.

Holat yuzasidan ekspertiza tayinlangan. Ekspertiza xulosasi natijalaridan kelib çiqib, qöşimça çoralar belgilanişi bildirilmoqda.

Ölatga qarşi tayyorgarlik çoralari kuçaytirildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida ilmiy-tadqiqot instituti xodimi, 28 yoşli ayol öta yuqumli va xavfli ölatdan vafot etgani haqida norasmiy xabarlar tarqaldi.

Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi raisi örinbosari Botir Qurbonov vaziyatga izoh berib, tegişli ehtiyot çoralari kuçaytirilganini maʼlum qildi.

«Ölat öta xavfli yuqumli kasallik bölib, turli yöllar bilan yuqişi mumkin. Hozir eʼtiborimizdagi holat – öpka şakli. Bu odamdan odamga yuqişi mumkin. Yaʼni odam nafas çiqarganda havo orqali kasallik yuqişi mumkin», – dedi u.

U aholini tasdiqlanmagan xabarlar asosida vahimaga tuşmaslikka çaqirdi. Qurbonovning taʼkidlaşiça, ehtimoliy xavf yuzaga kelgan taqdirda bemorlarni izolyatsiya qiliş va vaziyatga tezkor javob beriş uçun imkoniyatlar mavjud.

Xivadagi Lyaoning pedagogika universiteti filiali talabalari 2031-yilgaça davlat granti asosida öqitiladi

«Özbekistonda Xitoy Xalq Respublikasining Lyaoning pedagogika universiteti filialini taşkil etiş töğrisida»gi prezident qarori