Boltiq dengizidagi Rossiya kemasining ekipaji Bundesver vertolyotini öqqa tutdi. Hodisa ötgan hafta sodir böldi, deb xabar berdi dpa agentligi 5 dekabr, çorşanba kuni Bryusseldagi manbalarga tayanib.
Vertolyot razvedka missiyasini bajargan
Germaniya fregati bortidagi vertolyot razvedka missiyasini bajarayotgan edi, deb yozadi dpa mudofaa doiralaridagi manbalarga tayanib. Rossiya tankeriga RF harbiy kemasi hamrohlik qilgan, deya ta’kidlanadi qöşimça ravişda.
Şu kuni Germaniya taşqi işlar vaziri Annalena Berbok NATOga a’zo davlatlar taşqi işlar vazirlarining Bryusseldagi yiğilişi çoğida Boltiqböyida röy bergan voqeani qisqaça aytib ötdi va tafsilotlarni keltirmadi. Berbok Rossiyaning «soyadagi floti» deb ataladigan kemalari Boltiq dengizida Rossiya Federatsiyasiga qarşi sanksiyalarni çetlab ötişda iştirok etayotganini ta’kidladi va mintaqada muhim infratuzilmani himoya qiliş uçun patrullar sonining köpayişini e’lon qildi.
Dpa agentligining ta’kidlaşiça, signal raketalaridan foydalanişga faqat favqulodda vaziyatlarda ruxsat etiladi. Voqeaga Rossiyaning qaysi kemasi aloqadorligi aniqlaştirilmagan. Ğarb sanksiyalarini çetlab ötiş uçun tankerdan foydalaniş ehtimoli haqida ham ma’lumot yöq.
Bundesver sörovi: GFRda UQKga qurol-yaroğ berilişini qöllab-quvvatlaş kuçaymoqda
Bundesverning yillik söroviga köra, Germaniyada Ukrainaga harbiy yordamni qöllab-quvvatlaş kuçaymoqda. 25 noyabr kuni Der Spiegel'ning tadqiqotga tayanib yozişiça, sörov iştirokçilarining 49 foizi Ukraina Qurolli kuçlariga Rossiyadan himoyalanişda yordam taqdim etişni qöllab-quvvatlamoqda, bu bir yil avval qayd etilgan körsatkiçdan 4 foizga yuqori.
«Germaniya uçun muqobil» va «Sara Vagenknext ittifoqi» populistik partiyalari saylovçilari, şuningdek, ovoz beriş huquqiga ega bölmagan mamlakat aholisigina Ukrainaga harbiy yordam körsatişga qarşi, deb yozadi haftalik.
Şu bilan birga, Ukrainaga qurol yetkazib berişni ma’qullaş darajasi köp jihatdan respondentlar Rossiyani Germaniya xavfsizligiga tahdid deb bilişiga boğliq, deb yozadi naşr. Umuman olganda, respondentlarning 65 foizi Rossiyaning Ukrainaga qarşi harbiy tajovuzkorligi va Rossiyaning qurol-yaroği köpayişini Germaniya uçun xavf deb biladi. Der Spiegel ta’kidlaganidek, Bundesver tadqiqoti Germaniya aholisining Ukrainaga harbiy yordam körsatişni qöllab-quvvatlaşi kamayganini aks ettirgan boşqa sörovlar natijalarini rad etadi.












