Germaniya Qurolli kuçlari - Bundesver sönggi yillarda mamlakatdagi harbiy ob’yektlar yaqinida dronlar paydo bölişi bilan boğliq holatlar sezilarli darajada köpayganini ma’lum qildi.

Bu haqda Bundesver Operativ qömondonligi vakili 12-avgust kuni Redaktionsnetzwerk Deutschland (RND) naşrlar guruhiga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

Uning sözlariga köra, sönggi yillar davomida Bundesver ob’yektlari ustidan ehtimoliy dronlar uçib ötgani haqida bir neça yuzta xabar qayd etilgan.

Aksariyat holatlarda gap yakka holda harakatlanayotgan uçuvçisiz uçiş qurilmalari haqida ketgan. Biroq ayrim vaziyatlarda harbiy ob’yektlar yaqinida bir vaqtning özida bir neçta qurilma, ya’ni dronlar tödasi ham kuzatilgan.

Germaniya gibrid tahdidlarga har kuni duç kelmoqda

Bundesver vakilining ta’kidlaşiça, sönggi yillarda Germaniya va umuman Yevropada xavfsizlik bilan boğliq vaziyat tubdan özgargan.

Xususan, mamlakat deyarli har kuni turli körinişdagi gibrid tahdidlarga duç kelmoqda. Ular qatoriga dezinformatsiya tarqatiş, kiberhujumlar, josuslik va diversiya harakatlari kiritilgan.

Şunday holatlardan biri ötgan hafta oxirida Şimoliy Reyn-Vestfaliya federal yeridagi Mexernix muhim harbiy bazasi ustida kuzatilgan. Harbiy ob’yekt tepasida ikkita uçuvçisiz uçiş qurilmasi aniqlangan. Hozirda uşbu hodisa mahalliy politsiya tomonidan tergov qilinmoqda.

Leypsig aeroportida dron Ukraina yuk samolyotiga urilgan

Ayniqsa, Leypsig aeroportida 5-avgustga ötar keçasi sodir bölgan voqea Germaniyada katta rezonans keltirib çiqargan.

Ma’lumotlarga köra, kelib çiqişi hozirça aniqlanmagan dron aeroportdagi Ukraina yuk samolyotiga borib urilgan. Uçuvçisiz qurilma detonatorli portlovçi modda bilan jihozlangan bölgan.

Biroq hozirça noma’lum sabablarga köra, drondagi portlovçi qurilma işga tuşmagan va portlaş sodir bölmagan.

Mazkur voqea böyiça tergovni Germaniya Federal prokuraturasi olib bormoqda. Dronni kim boşqargani, uning qayerdan uçirilgani va hodisadan közlangan maqsad haqida hozirça ma’lumot berilmagan.