The Guardian va uning yakşanba kungi versiyasi hisoblanuvçi The Observer jurnalistlari iş taşlaş e’lon qildi — ular The Observer sotilişi mumkinligidan norozi. Ikkala naşr ham hozirda Guardian Media Group kompaniyasiga tegişli.
Sentyabr oyida The Observer naşri Tortoise Media kompaniyasiga sotilişi mumkinligi töğrisida miş-mişlar tarqalgan edi. Uşbu kompaniyaga öz vaqtida The Times muxbiri va BBC direktori lavozimida işlagan Jyeyms Xarding rahbarlik qiladi.
Xarding The Observer’ning har yakşanba kuni çiqadigan bosma naşrini davom ettiriş bilan birga, naşrni podkast va onlayn translatsiyalar bilan ham boyitişga va’da bergan. Ammo gazeta xodimlariga kompensatsiya pullarini olgan holda öz xohişiga köra işdan böşaş yoki mehnat şartlarini saqlab qolgan holda Tortoise boşqaruvi ostida işlaşni davom ettiriş taklif qilinmoqda.
The Guardian uçun bu sönggi yarim asrdagi birinçi iş taşlaşdir. Jurnalistlar ikki kun — 4 va 5 dekabr kunlari iş taşlaş uyuştirmoqçi. Uşbu norozilik aksiyasi The Observer’ning birinçi soni çiqqaniga 233 yil tölgan sanaga töğri kelmoqda.
Mediakompaniyalar rahbariyati kasaba uyuşmasi a’zosi bölgan jurnalistlarning xohişini hurmat qilişlarini, ammo «iş taşlaş — yaxşi yeçim emasligi»ni ma’lum qildi. «Iş taşlaş öquvçilar çorşanba va payşanba kuni The Guardian veb-sayti hamda bosma naşrlarida ayrim özgarişlarni payqaşi mumkinligini anglatadi», — deyiladi xabarda. Xususan, iş taşlaş kunlarida töldirilişi kerak bölgan materiallar çop etilmasligi mumkin.












