Rossiya xavfsizlik kuçlari Moskva yaqinidagi «Krokus Siti Xoll»da sodir etilgan teraktga aloqadorlikda ayblanayotgan yana tört kişini qölga oldi. «Izvestiya» öz manbasiga tayanib yozganidek, hibsga olinganlar Rossiya hukumati terrorçi taşkilotlar röyxatiga kiritgan Şimoliy Kavkazdagi Batalxajin musulmonlar jamoatiga mansub ekani aytilmoqda.

Gazeta gumonlanuvçilarning ismlarini keltirdi: 22 yoşli Xusen Kulayev, 27 yoşli Mahmud Kartoyev, 28 yoşli Mansur Toçiyev va 35 yoşli Magomed Santaliyev. Aytilişiça, ular öz navbatida terrorçilarni qurol-yaroğ bilan ta’minlagan jinoiy guruh tarkibiga kirgan Botir Kulayevga yaşirinişga yordam bergan. Şuningdek, manbaning ta’kidlaşiça, batalxajinlarning «rahbarlari» terrorçilarning şeriklarini çet elga çiqib ketişiga faol hissa qöşganini körsatadigan yozişmalar topilgan.

Noyabr oyi boşida «Krokus Siti Xoll»dagi terakt işi böyiça tört nafar yangi ayblanuvçi paydo bölgani xabar qilingan edi. Ularning barçasi Inguşetiya aholisi bölib, tergovçilarga köra, batalxajin jamoatiga aloqador bölişi mumkin. Ular Kalaşnikov avtomatlarini patronlar bilan birga terrorçilarga topşirgani ta’kidlanmoqda. Ikki nafar gumonlanuvçi Surxaxi Xusayn Medov va Jabroil Auşev qölga olindi. Xavaj-Bagaudin Aliyev va Botir Kulayev qidirilmoqda.

22 mart kuni «Krokus Siti Xoll» konsert zalida sodir etilgan terakt oqibatida 145 kişi halok bölgan edi. Tergov jinoyatning bevosita ijroçilari sifatida Dalerjon Mirzoyev, Saidakram Rajabalizoda, Şamsidin Fariduni va Muhammadsobir Fayzovni körsatmoqda. Bu iş böyiça jami 20 dan ortiq kişi hibsga olingan.