Rublning zaiflaşuvi Gazprombankka nisbatan sanksiyalar joriy etilgani bilan boğliq, bir-ikki hafta va «barçasi yaxşi böladi». Bu haqda Rossiya moliya vaziri Anton Siluanov jurnalistlarga ma’lum qildi.

Moliya vazirligi rahbarining sözlariga köra, Gazprombankka qarşi sanksiyalari tufayli taşqi iqtisodiy faoliyat iştirokçilariga kontragentlar bilan hisob-kitob qiliş uçun yangi imkoniyatlar topişga vaqt kerak va ular bunday imkoniyatlarni topadi. «Öylaymanki, bu [rubl kursi bilan boğliq vaziyat] bir-ikki hafta, yana bir haftagina — va barçasi yaxşi böladi», — deydi vazir.

Siluanovning ta’kidlaşiça, ayni vaqtda eksportçilarning valuta tuşumlarini sotiş normativlarini oşirişdan ma’no yöq. «Hozir bizda valuta tuşumlarini sotiş hajmi 36 foiz… Ammo, Rosfinmonitoring bizga aytganidek, aslida savdo hajmi 52 foizni taşkil etdi, ya’ni oşirişdan heç qanday ma’no yöq», — deydi u.

5 dekabr kuni Rossiya banki 1 dollar uçun rasmiy kursni 104,24 rubl etib belgiladi, noyabr oxirida u 109,6 rublga çiqib ketgandi. Forex xalqaro valuta bozorida dollar kursi 27 noyabrda 114 rubldan ham oşgan. Bu AQŞ tomonidan noyabr oyida Rossiyaning önlab moliyaviy taşkilotlari, jumladan, Rossiya gazi böyiça hisob-kitoblar amalga oşiriladigan Gazprombankka qarşi sanksiyalar joriy etgani fonida yuz bergan.

Rossiya Markaziy banki 2024 yil oxiriga qadar içki valuta bozorida çet el valutasi xaridini töxtatganidan keyin dollar kursi 100 rubl tomon tuşa boşladi. RF prezidenti Vladimir Putin rubl kursining tebranişi köplab omillarga boğliq ekani, vahima qilişga hojat yöqligi va vaziyat nazorat ostida ekanini ma’lum qildi.