Rossiya tomonidan Ukrainaga qarşi uruşda qöllanayotgan "Geran-2" uçuvçisiz uçiş apparatlari bilan boğliq texnik nosozliklar Moskvaga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarning samarasini körsatadi. Bu haqda Amerikaning The Washington Post (WP) gazetasi 5 dekabr, payşanba kuni öz ismlarini körsatmaslikni istagan ğarbiy va ukrainalik harbiy tahlilçilarga tayanib yozdi.

Eronning Shahed-136 uçuvçisiz uçoğining rusça versiyasi bölgan dronlar bir neça hollarda keskin burilişlar paytida nazoratdan çiqib ketgan. Ba’zilari qulagan, boşqalari esa yönalişni töğrilagan, ammo havo hujumidan mudofaa tizimlarining oson öljasiga aylangan, deya tuşuntiradi naşr. WP suhbatdoşlari UUAning noodatiy xatti-harakatlari kuçayişini past sifatli komponentlar, ya’ni uçuvçisiz uçoq parvozdagi harakatini tartibga solişga yordam beradigan motorça bilan boğlaşdi.

Janubiy Koreya mahsuloti örniga Xitoydan dvigatel

Köpgina davlatlar Moskvaning Ğarb texnologiyalariga kirişini tösib qöyiş uçun çeklovlar kiritganidan keyin Rossiya Xitoy servodvigatelidan foydalanişni boşladi. Ilgari Rossiya tomoni xuddi şunday qismni Janubiy Koreyadan örnatgan, deb yozadi naşr.

«Nosoz işlayotgan dronlar razvedka xizmatlari qisman jalb qilingan davom etayotgan soyadagi mojaroda Ğarb mamlakatlari kiçik ğalabasini körsatdi», deb ta’kidlaydi WP. Uning Amerika razvedkasidagi suhbatdoşlariga köra, Rossiya uçun xorijiy komponentlarni sotib oliş böyiça yaşirin operatsiyalar Federal xavfsizlik xizmati va Rossiya Qurolli Kuçlari Boş ştabining Boş boşqarmasi nazorati ostidadir.