Samarqand viloyatida otasining maşinasini olib qoçgan ikki nafar maktab öquvçisi yöl-transport hodisasi sodir etgan. Bu haqda “Ovoza” informatsion dasturida xabar berildi.

Hodisa 2024 yil 28 noyabr kuni soat 00:30 larda sodir bölgan. Samarqand şahrida yaşovçi ikki nafar maktab öquvçisi otasiga tegişli Onix maşinasini söroqsiz minib çiqqan.

Ular şaharning Sadriddin Ayniy köçasida svetoforning qizil çiroğiga amal qilmasdan ötib ketgan va 65 yoşli şaxs boşqaruvidagi Cobalt maşinasi bilan töqnaşgan.

Oqibatda Cobalt haydovçisi va öquvçilar tan jarohatlari olib, şoşilinç tez tibbiy yordam markaziga murojaat qilgan.

Tekşiruvlardan söng jarohati yengil bölgan öquvçilarga javob berilgan. 65 yoşli şaxs esa komaga tuşgan.

Qayd etilişiça, holat yuzasidan Samarqand şahar IIB tomonidan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.