AQŞning saylangan prezidenti Donald Tramp zudlik bilan Ukrainada öt oçişni töxtatiş va muzokaralarni boşlaşga çaqirdi. U 8 dekabr kuni öziga tegişli bölgan Truth Social ijtimoiy tarmoğida Suriyada prezident Başar Asad boşqaruvi yakuniga yetgani yuzasidan bergan bayonotida Ukraina masalasida ham gapirgan.

«Asad endi yöq. U öz mamlakatidan qoçib ketdi. Uning himoyaçisi, Rossiya, Rossiya, Rossiya, Vladimir Putin boşqaruvidagi davlat endi uni himoya qilişdan manfaatdor emas. Rossiya u yerda bölişiga umuman heç qanday sabab yöq edi. Ular heç qaçon boşlanmasligi kerak bölgan va abadiy davom etişi mumkin bölmagan, 600 mingga yaqin rossiyalik askar halok bölgan yoki yaralangan Ukrainadagi uruş tufayli Suriyaga bölgan qiziqişlarini butunlay yöqotdi», — deyiladi uning bayonotida.

Tramp Ukraina prezidenti Voladimir Zelenskiy «bu aqlsizlikni töxtatiş» uçun Rossiya bilan kelişuv tuzişni xohlaşini aytgan. Trampning sözlariga köra, ukrain kuçlari «400 ming askarni behuda yöqotgan».

«Darhol öt oçişni töxtatiş va muzokaralarni boşlaş kerak. Juda köp hayot behuda ketdi, juda köp oilalar parçalandi. Va agar bu davom etadigan bölsa, u yanada kattaroq va yanada yomonroq narsaga aylanişi mumkin. Men Vladimirni yaxşi bilaman. Endi u harakat qiladigan vaqt keldi. Xitoy yordam berişi mumkin. Dunyo kutmoqda!» degan AQŞning saylangan prezidenti.

Donald Tramp Parijda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan uçraşuvidan yarim kun ötib şunday bayonot bermoqda. Axios manbasi xabar qilişiça, Tramp avvaliga Zelenskiy bilan uçraşişni istamagan, ammo yakunda Makron uni köndirgan. Uçraşuv 45 daqiqa davom etgan, manbalarning sözlariga köra, «yaxşi va samarali» keçgan.