Haitida jinoiy tödalar tomonidan zöravonlik avj olgani munosabati bilan Xalqaro migratsiya taşkiloti (XMT) mahalliy missiyasi rahbari Filipp Branşa 9 mart kuni mamlakatda gumanitar vaziyat keskin yomonlaşganini ma’lum qildi. Uning sözlariga köra, Port-o-Prens aholisi «qamal holatida» yaşayapti, şahar «qurolli guruhlar va xavf-xatarlar bilan örab olingan».
Rim papasi Fransisk 10 mart, yakşanba kuni Haitida kuçayib borayotgan gumanitar inqirozga munosabat bildirar ekan, xalqaro hamjamiyatni mamlakatda tinçlik va yaraşuvga erişişda yordam berişga çaqirdi.
Qöşma Ştatlar Port-o-Prensdagi elçixonadan ba’zi xodimlarni evakuatsiya qildi. AQŞ Qurolli kuçlari janubiy qömondonligi (Southcom) ma’lumotlariga köra, AQŞ harbiylari elçixonaning muhim vazifalarni bajarmaydigan xodimlarini evakuatsiya qiliş böyiça operatsiya ötkazgan va diplomatik missiya xavfsizligini kuçaytirgan.
Elçixonaning aniqlik kiritişiça, u «oçiq qolmoqda».
Haitidagi hukumat va infratuzilma obektlariga tödalar hujumlari mart oyi boşida boşlangan. Mamlakatda favqulodda holat va komendantlik soati joriy etildi.
Dominikan Haitida zöravonlik kuçayişini öz xavfsizligiga tahdid sifatida köryapti
Haiti boş vaziri vazifasini bajaruvçi Ariel Anri hujumlar boşlanganda mamlakatda bölmagan va öz vataniga qaytib kela olmagan. Haitining qöşni Dominikan Respublikasi prezidenti Luis Abinader «xavfsizlik nuqtayi nazaridan» Anrini nomaqbul şaxs deb e’lon qildi va uni qabul qilişdan boş tortdi. Dominikan prezident idorasi Haitidagi inqiroz Dominikan Respublikasi barqarorligi va xavfsizligiga bevosita tahdid solayotganini aytdi. Zöravonliklar avj olgani sababli Haitidagi ikkala xalqaro aeroport ham yopilgan.
9 mart kuni qurolli guruhlar poytaxt Port-o-Prensdagi hukumat binolari, politsiya idoralari, içki işlar vazirligi va prezident saroyiga hujum qilgan. OAVning xabar berişiça, butun şaharda otişma ovozlari eşitilgan.
Tartibsizliklar boşlanişiga Karib havzasi yetakçilari yiğilişida Ariel Anrining 2025 yil örtalarida umumiy saylovlar ötkaziş haqidagi kelişuvi sabab böldi. «G9 va oila» guruhiga rahbarlik qiluvçi sobiq nufuzli politsiya bölimi zobiti Jimmi Şerize boşçiligidagi Haiti tödalari qarorni tanqid qilib, boş vazir iste’foga çiqmasa, fuqarolar uruşi bilan tahdid soldi.













