Google kompaniyasi Willow nomli yangi kvant protsessorini taqdim etdi. Google Quantum AI laboratoriyasi asosçisi va rahbari Xartmut Nevenning ta’kidlaşiça, çip zamonaviy superkompyuterlardan ham, boşqa kvant protsessorlaridan ham sezilarli darajada ustun.
Google ma’lumotlariga köra, 105 kubitli Willow standart bençmark hisoblaş (kompyuter tizimining qiyosiy işlaş xususiyatlarini aniqlaş imkonini beruvçi test) vazifasini beş daqiqadan kamroq vaqt içida bajaradi. Hozirgi kunda dunyodagi eng tezkor kompyuterlardan biri bölgan Frontier’ga bunday vazifani bajariş uçun 10 septillion yil (10 ning 24 darajasi) talab etilgan bölardi.
Nevenning qayd etişiça, uşbu raqam fizikada ma’lum barça vaqt masştablaridan oşib ketadi. Laboratoriya rahbarining fikriça, bu «kvant hisoblaş köplab parallel olamlarda sodir bölişi töğrisidagi ğoyani tasdiqlaydi», şuningdek, britaniyalik fizik Devid Doyç ilgari surgan multikoinot töğrisidagi farazlarga mos keladi.
Samaradorlikni baholaş uçun Google tasodifiy tanlaniş zanjiri bençmarkidan foydalangan bölib, u kvant kompyuter boşqa oddiy tizimlar qölidan kelmaydigan vazifani qanday uddalaşini körsatib berişga möljallangan. Uşbu testni kompaniyaning özi kvant sohasidagi ustunligini namoyiş etiş uçun işlab çiqqan. Şu bilan birga, Willow kvant hisoblaş sohasidagi fundamental vazifalar, masalan, Şor algoritmini qanday uddalaşiga aniqlik kiritilmagan.
Ammo Willow’ning asosiy ustunligi samardorligida emas. Ixtiroçilarning ta’kidlaşiça, ular köproq kubitlardan foydalangan holda masştablaştiriş jarayonida xatolik darajasini kamaytirişga muvaffaq bölgan. Googleʼning qayd etişiça, olimlar uşbu vazifani uddalaşga qariyb 30 yil sarflagan.
Google Quantum AI rahbarining sözlariga köra, kvant hisoblaşlar va sun’iy intellektning birgalikda rivojlanişi köplab sohalardagi tadqiqotlarda yangi imkoniyatlarni oçadi. Masalan, olimlar yangi dorilarni yaratişi yoki elektromobillar uçun samarali batareyalarni loyihalaşi mumkin. Bundan taşqari, kvant hisoblaşlar termoyadroviy sintez sohasidagi va umuman muqobil energetikadagi jarayonlarni tezlaştirişga yordam beradi.












