12 dekabr kuni TIME jurnali Donald Trampni «2024 yil odami» deb e’lon qildi.

1927 yildan beri TIME jurnali «yaxşi yoki yomon bölişidan qat’i nazar», sönggi 12 oy içida dunyoga eng katta ta’sir körsatgan şaxs, guruh yoki konsepsiyani tanlab kelmoqda. 2023 yilda bu unvonni xonanda Teylor Svift olgan edi.

Tramp bilan bir qatorda 2024 yilgi nomzodlar röyxatida AQŞ vitse-prezidenti Kamala Harris, Uels malikasi Keyt Middlton, tadbirkor Ilon Mask, rossiyalik muxolifatçi Aleksey Navalniyning bevasi Yuliya Navalnaya, Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu, AQŞ Federal zaxira tizimi raisi Jyerom Pauell, podkaster Jo Rogan, Meksika prezidenti Klaudiya Şeynbaum, Meta boş direktori Mark Tsukerberg va boşqalar ham bor edi.

Donald Tramp 2024 yilda Respublikaçilar partiyasidan AQŞ prezidenti saylovida nomzod böldi va katta ustunlik bilan ğalaba qozondi. Saylovoldi kampaniyasi davrida unga nisbatan suiqasd uyuştirildi. U 2025 yil yanvar oyida prezidentlik davrining ikkinçi muddatiga kirişadi.