Prezident Şavkat Mirziyoyev 11 dekabr kuni quriliş va obodonlaştiriş loyihalari taqdimoti bilan tanişdi.

Taqdimotda Toşkent şahridagi Yunusobod dehqon bozorini kengayişiga joy yöqligi, uni zamonaviy konsepsiya asosida yuqoriga «östiriş», savdo örinlari va qulayliklarni köpaytiriş rejalari namoyiş etildi. Loyihaga köra, avvalo, asliyat saqlab qolinib, hozirgisining örnida uç qavatli ekobozor quriladi. Uning yonida qöşimça savdo markazi hamda zargarlik uyi barpo etiladi. Eng muhimi, uşbu binolarning yerosti qismi mingdan oşiq avtomobil siğadigan turargoh böladi. Jami 4-5 ming iş örni oçiladi. Mutasaddilarga bular sababli bozor faoliyatini töxtatib qöymaslik, qurilişni bosqiçma-bosqiç amalga oşiriş böyiça körsatma berildi.

Keyingi loyihalarga köra, Toşkentdagi Abdulla Qodiriy boği obodonlaştiriladi. Relyyefdan töğri foydalanib, yaşil hududlar köpaytiriladi. Sayr va tomoşa joylari, favvoralar, yangi planetariy quriladi. Sayyohlarni jalb qiliş uçun gastro-xol taşkil etiladi.

Davlat rahbari boğda şaroitlarni yaxşilaş va an’analarni aks ettiriş zarurligini ta’kidladi.

«Döstlik» boği ham yangilanib, aholini öziga jalb etuvçi maskanga aylantiriladi. Sayr yölaklari, suv havzalari, dam oliş joylari ta’mirlanib, örindiqlar örnatiladi. Oilaviy köngiloçar maskan va bolalar ijod markazi taşkil qilinadi. Yoşlar uçun skeyt maydonçasi, daraxtlar bilan uyğun aviariy hamda tomoşa çarxpalagi quriladi.

Şu yerdagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan döstlik aloqalari qömitasi ortidagi maydonda milliy madaniyat markazlarining pavilyonlari barpo etiladi.

Prezident taşabbusi bilan 2019 yilda Toşkent şahrida «Navröz» boği barpo etilgan edi. Bu yerda mehmonxona, yopiq sport maydonçasi, restoran, konferensiya zali bunyod qiliş közda tutilmoqda.

Nurafşon va Namangan şaharlarida «Yangi Özbekiston» boğlari barpo etilgan. Navbatdagi loyihalar ulardan foydalaniş samaradorligini oşiriş va mehmonlarni köproq jalb etişga qaratilgan. Buning uçun Nurafşon va Namangandagi «Yangi Özbekiston» boğlari yonida turizm markazlari taşkil qilinadi. Ularda Şarq bozori, hunarmandçilik joylari, amfiteatr, favvora va boşqa qurilmalar böladi. Daraxtlar ekilib, yaşil hudud kengaytiriladi.