AQŞ Kongressining Vakillar palatasi 2025 yilga möljallangan harbiy budjet töğrisidagi qonun loyihasi (National Defense Authorization Act, NDAA)ni ma’qulladi. 1813 betlik hujjatda Ukraina uçun lend-liz dasturini uzaytiriş haqida heç qanday qoida mavjud emas. Ukrainaning Vaşingtondagi elçisi Oksana Markarova 11 dekabr, çorşanba kuni bunga e’tibor qaratdi.

Ukraina uçun lend-lizsiz AQŞ mudofaa budjeti

«Bu yil Senat tomonidan ma’qullangan NDAA qonun loyihasi Ukrainada demokratiyani himoya qiliş uçun lend-liz qonunini uzaytiriş qoidalarini öz içiga olgan va Ukrainaning Qöşma Ştatlardagi elçixonasi uni faol qöllab-quvvatlagan, ammo qonun loyihasida bunday qoida yöq. Vakillar palatasi qonun loyihasining birlaştirilgan matnida tegişli band mavjud emas», — deb yozdi Markarova Facebookʼda.

Uning sözlariga köra, ukrainalik diplomatlar uşbu mexanizmni saqlab qoliş ustida işlamoqda. Bu, xususan, Kongressning ikkala palatasi tomonidan ilgari qabul qilingan Stand with Ukraine Act qonun loyihasida nazarda tutilgan.

Ma’lumot uçun, lend-liz — qurol-yaroğ, öq-dori, strategik xomaşyo, oziq-ovqatni qarzga yoki ijaraga beriş tartibi. Lend-liz töğrisidagi qonun 1941 yil 11 martda AQŞ kongressida kabul qilingan. 

AQŞda kongressmenlar 2025 yil uçun mudofaa budjetini tasdiqladi

11 dekabr kuni keskin muhokamalardan söng AQŞ kongressmenlari 2025 yil uçun munozarali AQŞ mudofaa budjetini tasdiqlaş uçun ovoz berişdi. Loyiha 895 milliard dollarlik rekord budjetni öz içiga oladi, bu mudofaa xarajatlarini 2024 yilga nisbatan bir foizga oşirişni anglatadi.

Qonun loyihasini 281 kongressmen yoqlab çiqqan bölsa, 140 kişi qarşi ovoz berdi. Ular orasida 124 nafar demokrat va 16 nafar respublikaçi bor. Kelgusi hafta hujjat Senatda körib çiqilişi va mudofaa budjeti loyihasi tasdiqlanişi kutilmoqda. Şundan söng uni AQŞning amaldagi prezidenti Jo Bayden imzolaşi kerak.

1800 sahifalik hujjat mudofaa, energetika vazirliklari, AQŞ Davlat departamenti, şuningdek, razvedka idoralari va milliy xavfsizlik dasturlarini moliyalaştirişni belgilaydi. 2025 yilda amerikalik harbiy xizmatçilarning maoşini kiçik serjantlar uçun 14,5 foizga, boşqa xodimlar uçun esa 4,5 foizga oşiriş rejalaştirilmoqda. Şuningdek, qonun loyihasida bolalarni boqiş va harbiy xizmatçilarning yaşaş şaroitlarini yaxşilaş uçun katta miqdorda mablağ ajratiş közda tutilgan.