Gurjistonda endi Konstitutsiyaviy sud agar mamlakat prezidentini konstitutsiyani buzgan deb topsa, u vakolat muddati tugaganidan keyin davlat muhofazasidan mahrum etiladi. Bu boradagi qonun mamlakat parlamenti tomonidan uçinçi öqişda qabul qilindi.
Qayd etilişiça, mazkur qonunni yoqlab 85 nafar deputat ovoz bergan. Uning qabul qilinişi uçun kamida 76 ta ovoz talab etilgandi. «Maxsus davlat muhofaza xizmati töğrisida»gi qonunga özgartirişlar kiritiladi.
Amaldagi qonunçilikka köra, Gurjiston prezidenti, boş vaziri, şuningdek, parlament spikeri vakolat muddati tugaganidan keyin yana bir yil davomida davlat muhofazasidan foydalanişi mumkin. Agar yuqoridagi mansabdor şaxslardan biriga biror xavf tahdid solayotgan bölsa, davlat muhofazasi muddati uzaytiriladi.
Gurjistonning vakolat muddati 29 dekabrda yakunlanadigan amaldagi prezidenti Salome Zurabişvili ötgan yili hukumat rahbari bilan kelişmasdan bir neçta xorij safarlarini amalga oşirgan. Konstitutsiya Gurjiston prezidentiga taşqi siyosatda vakillik funksiyalarini faqat hukumat roziligi bilan amalga oşirişga ruxsat beradi. Şu bois hukmron «Gurjiston orzusi» partiyasi Konstitutsiyaviy sudga prezident impiçmenti masalasida murojaat qilgan. Konstitutsiyaviy sud Zurabişvilini lavozimidan çetlaştiriş taklifini qöllab-quvvatlagan, ammo hukmron partiya impiçment e’lon qiliş uçun yetarliça ovoz töplay olmagan.
Avvalroq Gurjiston boş vaziri Irakliy Kobaxidze mamlakat parlamenti dekabr oxiriga qadar ommaviy tadbirlarga niqobda taşrif buyurişni taqiqlaydigan qonun qabul qilişini ma’lum qilgandi.








