Ispaniyaning Mango dökonlar tarmoği asosçisi 71 yoşli Isak Andik Kataloniyadagi Monserrat monastiriga ketişda balandlikdan toğ darasiga tuşib ketib halok böldi. Bu haqda öz manbalariga taynaib, El Pais naşri xabar berdi.

Andikning vafoti haqida Mango kompaniyasi ham e’lon qildi, biroq baxtsiz hodisa qanday holatda yuz berganiga aniqlik kiritilmagan.

«Isak barçamiz uçun namuna edi. U butun hayotini Mangöga bağişlab, özining strategik qaraşlari, ilhomlantiruvçi yetakçiligi va kompaniyamizga özi singdirgan qadriyatlarga sodiqligi bilan öçmas iz qoldirdi… Uning ketişi ulkan böşliq paydo qilmoqda, ammo barçamiz qaysidir ma’noda uning merosi va u erişgan yutuqlardan dalolat beruvçilarmiz», — deyiladi kompaniya xabarida.

El Pais’ning yozişiça, Andik toğlar, piyoda sayohatlarga qiziqqan va kunni oilasi bilan ötkazgan. Andik 100 metrdan ziyodroq balandlikdan qulab tuşgani bois uni qutqarişning imkoni bölmagan.

Isak Andik 1984 yilda ukasi Naxman bilan Punto Fa, S.L kompaniyasiga asos solgan, öşa yilning özida ular Barselonada birinçi Mango ayollar kiyim dökonini oçgan. Hozirda brendning 110 mamlakatda 2,7 mingga yaqin dökoni mavjud. Joriy yilda Forbes jurnali Isak Andikni Kataloniyaning eng badavlat insoni deya tan olgan, şuningdek, u Ispaniyaning eng badavlat insonlar röyxatiga ham kirgan. Andik hamda uning oilasini boyligi 4,5 milliard yevroga baholanadi.