Google yil davomida eng ko‘p qidirilgan mavzularni e’lon qildi
Dubay shokoladi, Donald Trampning qayta saylanishi va Parijdagi Olimpiya o‘yinlari haqidagi yangiliklar 2024 yilda dunyo bo‘ylab eng ko‘p Google qidiruviga berilgan.

Foto: Getty Images
Google jamoasi an’anaga muvofiq “qidiruvlar” bo‘yicha yil sarhisobini e’lon qildi. Unga ko‘ra, 2024 yilda dunyo bo‘ylab Google’dan eng ko‘p qidirilgan mavzular orasida Donald Trampning AQSh prezidenti sifatida qayta saylanishi, Parijdagi Olimpiya o‘yinlari va Dubay shokoladi bor.
Bundan tashqari platforma foydalanuvchilari eng yoqimtoy begemot Mu Deng, SpaceX kompaniyasining yutuqlari va tabiiy ofatlar haqidagi yangiliklardan boxabar bo‘lish uchun Google qidiruvidan ko‘p foydalangan.
Odamlar vayronkor suv toshqinlari va quyosh tutilishi kabi noyob tabiiy hodisalarga oid ma’lumotlarga katta qiziqish bildirdi, deyiladi kompaniya hisobotida.
Xonanda Selin Dionning chiqishi yilning eng asosiy kambeki bo‘ldi.
Ko‘p qidirilgan mavzular ro‘yxatiga, shuningdek, kino va sport sohasidagi unutilmas voqealar kiritilgan: aktrisa Lili Gladstounning “Oltin globus” bilan taqdirlanishi, Mayk Tayson haqidagi ma’lumotlar, jazoirlik bokschi Iman Xelif bilan bog‘liq mojarolar, amerikalik gimnastikachi Simona Baylzning chiqishi shular jumlasidandir.
Avvalroq The Wall Street Journal nashri Google qidiruv tizimidan foydalanish kamayib borayotgani haqida ma’lum qilgandi. Nashrga ko‘ra, hozirgi kunda “yosh avlod axborot yig‘ish uchun boshqa platformalardan, ayniqsa, sun’iy intellektdan foydalanishga o‘tgan”.
Tavsiya etamiz
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
Jonni xatarga qo‘yib... “Oshqozon”siz ozish orzusi haqida
Jamiyat | 17:46 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Rossiya kemalarini AQSh portlarida qabul qilishga taqiqni uzaytirdi
Jahon | 12:22
-
«Arsenal» «Real»ni haqli ravishda chiqarib yubordi. Arteta buni qanday uddaladi va «Madrid»ning muammosi qayerda?
Sport | 12:20
-
Toshkentda 1 va 2 xonali uylar ijara narxi arzonlashdi
O‘zbekiston | 12:17
-
138 nafar Afg‘oniston fuqarosi bo‘lgan yana bir reys Germaniyaga yetib keldi
Jahon | 11:41
Mavzuga oid

23:21 / 15.04.2025
Google delfinlar bilan muloqot qilish imkonini beruvchi texnologiyani ishlab chiqdi

17:41 / 14.04.2025
YouTube qisqa videolarni o‘z o‘ziga taqiqlash funksiyasini sinovdan o‘tkazadi

21:35 / 11.04.2025
Google eng kuchli sun’iy intellekt protsessorini taqdim etdi

18:15 / 02.04.2025