Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyadagi supermarketlar tarmog‘ida o‘zbekistonliklar uchun ish o‘rinlari soni oshiriladi
O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining Rossiyadagi vakillari mamlakat elchixonasi diplomatlari bilan birgalikda yurtdoshlar vaqtincha ishlayotgan EUROSPAR kompaniyasiga (supermarketlar tarmog‘i) tashrif buyurdi.
Tashrif davomida ishchi guruh ish beruvchi tomonidan yaratilgan mehnat sharoitlarini monitoring qilish va o‘rganish maqsadida EUROSPAR supermarketlar tarmog‘i obektlarida ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Vatandoshlar bilan muloqotda Rossiyaning migratsiya qonunchiligi normalariga rioya qilish zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, mamlakatda amalga oshirilgan migratsiya sohasidagi o‘zgarishlar haqida aytib o‘tildi.
Mazkur kompaniya rahbariyati bilan kechgan suhbatda xavfsiz va tartibli mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik qilish, keyinchalik o‘zbekistonliklar ish o‘rinlari sonini oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
EUROSPAR Niderlandiyaning eng yirik supermarketlar tarmog‘i hisoblanadi. Birinchi rus SPAR savdo tarmog‘i 2001 yilda Nijniy Novgorodda ochildi. Bugungi kunda Rossiyaning 12 hududida ushbu brend ostidagi 200 dan ortiq supermarketlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Moskva shahridagi EUROSPAR supermarketlar tarmog‘ida 320 dan ortiq O‘zbekiston fuqarosi ishlaydi. Ular kuniga uch mahal issiq ovqat, yuqori turmush sharoiti, munosib ish haqi bilan ta’minlangan.
Mavzuga oid
00:26
Qozog‘iston-Rossiya chegarasida avtomobillardan iborat ko‘p kilometrli tirbandlik yuzaga keldi
08:40 / 06.06.2026
Kremlda Putin va Shryoder o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
22:29 / 05.06.2026
Rossiya yana urushni tanladi - Zelenskiy Putinga javob berdi
20:55 / 05.06.2026