Yevropa Ittifoqi kengaşi Rossiyaga qarşi iqtisodiy va individual sanksiyalarning 15-paketini qabul qildi. Bu haqda YeI kengaşi sayti orqali xabar qilindi.
«Uşbu çora-tadbirlar Yevropa Ittifoqi sanksiyalarini çetlab ötiş muammosini hal qilişga va Putinning soyadagi floti hamda Rossiya harbiy-sanoat kompleksini zaiflaştirişga qaratilgan», — deyiladi xabarda.
Sanksiyalar röyxatidan 54 nafar jismoniy şaxs va 30 ta yuridik şaxs örin oldi. Ular orasida Kiyevdagi «Oxmatdet» bolalar şifoxonasiga berilgan zarbaga mas’ul harbiy bölinma, energetika kompaniyalarining top-menejerlari, KXDRning yuqori martabali ikki amaldori ham bor.
Bundan taşqari, Rossiyaning soyadagi flotiga boğliq mudofaa korxonalari va kemasozlik kompaniyalariga nisbatan ham sanksiyalar qöllandi. Sanksiyalar röyxatidan Rossiya neftini taşiş bilan şuğullangan uçta mamlakatning 52 ta tankeri örin oldi. Şu bilan birga Rossiyaga ikkilamçi maqsadli tovarlarni yetkazib berişga aloqador Xitoy, Hindiston, Eron, Serbiya va BAAning 32 ta kompaniyasiga ham çeklovlar qöllandi.
YeI kengaşi xabarida ta’kidlanişiça, Yevroittifoq Xitoydagi turli öyinçilarga nisbatan birinçi marta «tölaqonli» (safarlariga taqiq, aktivlarining muzlatilişi va iqtisodiy resurslar taqdim etilişiga taqiq) sanksiyalar joriy etgan.
Bundan taşqari, YeI kengaşi Yevropa Ittifoqida sanksiyalarga boğliq Rossiya arbitraj sudlari çiqargan qarorlarni tan olmaslik va bajarmaslikni belgiladi.
Eslatib ötamiz, Rossiyaga qarşi sanksiyalarning 14-paketi 2024 yil iyunida ma’qullangan edi. Uşbu paket bilan Rossiya suyultirilgan gazining Yevropa portlari orqali tranzitiga çeklovlar kiritgan va uçinçi mamlakatlarda «şu’ba» korxonalari bölgan kompaniyalarga ikki tomonlama maqsadlarga möljallangan texnologiyalarni Rossiyaga qayta eksport qilişga ruxsat bermaslik majburiyatini yuklagan edi.









