“Halal Auto Leasing kompany” MÇJ mansabdorlariga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (juda köp miqdorda firibgarlik) bilan jinoyat işi qözğatildi. Bu haqda IIV xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, Kun.uz suriştiruvidan söng IIV Tergov departamenti tomonidan “Halal Auto Leasing kompany” MÇJning moliyaviy-xöjalik faoliyati örganilgan.
“Jamiyat 31 oktyabr kuni davlat röyxatidan ötgan bölib, nizom jamğarmasi 10 mlrd söm qilib belgilab olingan. Vaholanki, uşbu nizom jamğarmasi jamiyat ta’sisçilari tomonidan şakllantirilmagani aniqlangan.
Bundan taşqari, jamiyat tomonidan 52 nafar şaxs bilan avtotransport vositalari yetkazib beriş böyiça şartnomalar tuzilgan. Uşbu şartnomalar asosida 1,7 mlrd söm pul mablağlari jamiyat hisobraqamiga kirim bölgan. Mazkur pul mablağlari plastik kartalarga ötkaziş yöli bilan naqdlaştirib yuborilgan. Fuqarolardan jalb qilingan pul mablağlari hisobidan avtotransport vositalarini işlab çiqaruvçi yoki yetkazib beruvçi dilerlik korxona va taşkilotlar bilan şartnoma tuzilmagani hamda avtotransport vositalarini xarid qiliş bilan boğliq operatsiyalar amalga oşirilmagani aniqlangan.
IIV Tergov departamenti tomonidan mazkur jamiyatga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatildi. Mazkur jinoyat işi böyiça olib borilgan dastlabki tergov harakatlari davomida jamiyat rahbari Yöldoşev va uning şerigi Mamajonovga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan”, deyiladi IIV Tergov departamenti xabarida.
Qöşimça qilinişiça, bugungi kunda 1,7 mlrd sömning sarflanişini örganiş maqsadida jamiyatning moliyaviy-xöjalik faoliyati yuzasidan hujjatli taftiş tayinlangan.
“Halal Auto Leasing kompany” MÇJga maşina uçun tölovni amalga oşirgan va jamiyatning faoliyatidan jabr körgan fuqarolardan IIV Tergov departamentiga murojaat qilişi söralmoqda.
Murojaatlar uçun telefon (71) 231-33-94.











