Toşkent viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi boşqarmasi tomonidan Böstonliq tumani Pskom qişloği Burçmulla davlat örmon xöjaligida reyd tadbiri ötkazildi.

Qayd etilişiça, reyd davomida tuman hududida yaşovçi fuqaro Y.B. inspektorlar tomonidan közdan keçirilganda, uning yonidan 1 boş Sibir toğ eçkisining tana qismlari topilgan.

Natijada «Hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va undan foydalaniş töğrisida»gi qonunga asosan hayvonot dunyosiga 11 milliondan sömdan ziyod zarar yetkazilgani aniqlangan.

Uşbu holat yuzasidan tegişli hujjatlar rasmiylaştirilib, Böstonliq tuman sudiga yuborilgan.

Sibir toğ eçkisi Özbekiston Qizil kitobiga kiritilgan bölib, u asosan çiqiş qiyin bölgan baland toğlarda yaşaydi. Ular örtaça 15-17 yil yaşaydi. Yilda 1-2 marta bolalaydi. Vazni 35 dan 150 kilogrammgaça yetadi.

Noyabr oyida Böstonliq tumanida 35 yoşli şaxs heç qanday ruxsatnomasiz öziga tegişli bölgan ov quroli yordamida 1 boş toğ eçkisini ovlab, tabiatga salkam 17 million söm zarar yetkazgani töğrisida xabar berilgandi.