Özbekistonning yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elçisi Abat Fayzullayev (qarorgohi Rim şahrida joylaşgan) Kipr prezidenti Nikos Xristodulidisga işonç yorliqlarini topşirdi.
Qayd etilişiça, Kipr yetakçisi xorijiy diplomatlardan işonç yorliqlarini qabul qiliş marosimidagi nutqida yangi elçilarni samimiy qutlab, ularga öz vazifalarini amalga oşirişda muvaffaqiyatlar tilagan, şuningdek, ikki va köp tomonlama munosabatlarni rivojlantirişda munosib hissa qöşişiga umid bildirgan.
Kipr prezidenti Özbekiston bilan munosabatlar istiqbollariga alohida töxtalgan. «Özbekiston bilan ikki tomonlama, şuningdek, Yevropa Ittifoqi doirasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirişga alohida e’tibor qaratamiz» – deydi prezident Nikos Xristodulidis.
Eslatib ötamiz, Özbekiston va Kipr örtasidagi diplomatik munosabatlar 1997 yil 30 mayda örnatilgan. Abat Fayzullayev Kiprga tayinlangan Özbekistonning birinçi elçisi böldi. U 2023 yil oktyabr oyida Özbekistonning Italiyadagi elçisi lavozimiga tayinlangan edi.









