17 dekabr kuni E-auksion portalida Toşkent şahri köçalarida pulli avtoturargohlar taşkil etiş böyiça takroriy auksion bölib ötdi. Ma’lum bölişiça, 25 noyabr kuni bölib ötgan auksion ğolibi bilan şartnoma tuzilmagan.

Takroriy auksionda 62,94 mlrd söm narx taklif qilgan Street Systems kompaniyasi ğolib deb topilgan.

Auksion 20 daqiqadan sal köproq vaqt davom etgan va ikkita qadam bilan yakunlangan. Street Systems taklif qilgan narx – boşlanğiç narx (57,2 mlrd söm)dan 10 foizga yuqori bölgan.

Uç hafta oldin ötkazilgan auksion 2 soat-u 10 daqiqa davom etib, 22 ta qadamdan iborat bölgan va unda Balcomuz 120,15 mlrd söm taklif bilan ğolib deb topilgan edi. Ammo bu kompaniya bilan keyingi bosqiçda şartnoma tuzilmagan.

Birinçi auksionda ham, ikkinçisida ham zaxira ğolibi e’lon qilinmadi.

Yölböyi pulli avtoturargoh taşkil etiladigan poytaxt markazidagi köçalar / Foto: E-auksion

Endilikda Street Systems Toşkentning barça tumanlarida yöl böylarida ajratilgan joylarda jami maydoni 262,8 ming kvadrat metr bölgan pulli avtoturargohlar tarmoğini taşkil etişi kerak.

Poytaxt hokimining qarori bilan, tölovlar miqdori tarif zonalariga qarab soatiga 5 ming sömdan 12 ming sömgaça deb belgilangan.

Yangi ğolib haqida

KTYaDRga köra, Streetpark Systems joriy yil 13 noyabr kuni röyxatga olingan. MÇJ ta’sisçilari – Qudratbek Dilşodoviç Yoqubov (75 foiz), iCell Mobilsoft Zrt. (Vengriya, 12,5 foiz), “Kasy Park” MÇJ (12,5 foiz).

Asosiy hissador Qudratbek Yoqubov sönggi uç yilda ta’sis etilgan Leader Great Trade, Aziz Export 777 va Prime Avto Consulting'da ham uluşlarga ega.