Yaponiya hukumati 2025 moliyaviy yil uçun (2025 yil apreldan boşlanadi) rekord darajadagi mudofaa xarajatlarni öz içiga oluvçi budjet loyihasini tasdiqlatişni rejalaştirmoqda, deb xabar beradi Kyodo agentligi.

Qayd etilişiça, kelgusi yilda mamlakat budjeti 113 trillion iyenadan oşadi (735 milliard dollarga yaqin). Bunda mudofaa xarajatlari Yaponiya tarixida ilk bor 8 trillion iyenadan (qariyb 52 milliard dollar) oşişi mumkin. Harbiy budjetning oşirilişi hukumat tomonidan tasdiqlangan mudofaa potensialini oşiriş strategiyasi va qurollanişga zarba beruvçi qurollarni qabul qiliş doirasida amalga oşirilmoqda.

Yaponiya Soğliqni saqlaş, mehnat va farovonlik vazirligi rekord miqdordagi 34 trillion iyena (220 milliard dollar) söragan bölib, bu aholining qariş şaroitida ijtimoiy ta’minot xarajatlari ortayotgani bilan boğliq.

Mamlakatdagi barça vazirlik va idoralar tomonidan söralgan umumiy summa 117,6 trillion iyenadan (762 milliard dollardan ziyod) oşadi. Moliya vazirligi hozirda barça sörovlarni körib çiqmoqda.

Budjet loyihasi kelasi yil boşida parlamentga kiritilişi kutilmoqda.

Eslatib ötamiz, 2023 yili dunyoda harbiy xarajatlar 10,4 foizga oşib, 2,12 trillion dollarga yetgan edi. Bunga asosiy sabab sifatida Ukraina va Ğazo sektoridagi mojarolar, şuningdek, Qizil dengiz mintaqasidagi vaziyatning keskinlaşuvi keltirib ötilgan.