Jahonda mudofaa xarajatlari rekord darajada oshib ketdi
2023 yilda harbiy xarajatlar 10,4 foizga oshib, 2,12 trillion dollarga yetgan. Bunga asosiy sabab sifatida Ukraina va G‘azo sektoridagi mojarolar, shuningdek, Qizil dengiz mintaqasidagi vaziyatning keskinlashuvi keltirib o‘tilgan.
O‘tgan yilda global miqyosidagi umumiy mudofaa xarajatlari 2 trillion dollardan oshib ketgan. Bu haqda Amerikaning Forecast International mudofaa texnologiyalari konsalting kompaniyasi hisobotida keltirib o‘tilgan.
Qayd etilishicha, 2023 yilda harbiy xarajatlar 10,4 foizga oshib, 2,12 trillion dollarga yetgan. Bunga asosiy sabablar sifatida Ukraina va G‘azo sektoridagi mojarolar, shuningdek, Qizil dengiz mintaqasidagi vaziyatning keskinlashuvi keltirib o‘tilgan.
Mudofaa xarajatlarining qariyb yarmi NATO davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Bundan tashqari, ekspertlar 2030 yilgacha mudofaa xarajatlari yanada oshishi mumkinligini prognoz qilishmoqda.
Avvalroq, O‘zbekistonda ham mudofaa va xavfsizlik xarajatlari 2023 yilda 3,2 trillion so‘mga oshirilgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
14:30 / 20.12.2024
O‘zbekistonning mudofaa va xavfsizlik sohasida kosmik suratlarga bo‘lgan ehtiyoji ortib bormoqda
21:12 / 12.12.2024
MDH davlatlari havo hujumidan mudofaa birlashgan tizimini yaratadi
07:51 / 12.12.2024
AQShda kongressmenlar 2025 yil uchun mudofaa budjetini tasdiqladi
15:22 / 05.12.2024