Davlat kotibi yordamçisi, delegatsiyaga rahbarlik qilgan Barbara Lif al-Şar’a bilan muzokaralar juda samarali keçganini, u özida «pragmatik» şaxs sifatida taassurot qoldirganini aytgan.
Ahmad al-Şar’a – şu vaqtga qadar AQŞ va ğarb davlatlarida rasman terrorçilik taşkiloti sifatida taqiqlangan «Hay’at Tahrir aş-Şom» qurolli guruhi yetakçisidir. Dekabr oyi boşida Hş Suriyani 13 yillik fuqarolik uruşini ham öz içiga oluvçi 50 yildan oşiq vaqt mobaynida boşqargan Asadlar oilasi rejimiga barham berişda asosiy rolni bajargandi.
Amerika delegatsiyasiga Barbara Lifdan taşqari prezident Jo Baydenning asirlar böyiça maxsus elçisi Rodjyer Karstens va Davlat departamentining Yaqin Şarq masalalari böyiça byurosi maslahatçisi Deniel Rubinstayn ham kirgan.
Bu amerikalik diplomatlarning Damaşqqa 10 yildan ortiq vaqt içidagi ilk taşrifi böldi.
Davlat departamenti vakili muzokaralarda Suriyadagi «siyosiy tranzit prinsiplari» va IŞIDga qarşi kuraşişni davom ettiriş zarurati muhokama etilgan.
Şuningdek, uning sözlariga köra, diplomatlar AQŞning Suriyadagi fuqarolik uruşi davrida yöqolgan ikki fuqarosi haqida ma’lumot taqdim etişni söragan: 2012 yilda Damaşqda öğirlab ketilgan jurnalist Ostin Tays va 2017 yildan buyon daragi çiqmagan psixoterapevt Majda Kamalmaza.
Amerika delegatsiyasi şuningdek, Suriyadagi fuqarolik jamiyati va turli jamoalar vakillari bilan uçraşib, «ularning öz mamlakati kelajagi haqidagi qaraşlari hamda Qöşma Ştatlar ularni qanday qöllab-quvvatlaşi mumkinligini muhokama qildi», degan Davlat departamenti vakili.
BBC’ning Davlat departamenti böyiça muxbiri Tom Beytmanning qayd etişiça, Vaşington, bir tomondan, Hş bilan işlaşga tayyorligini namoyiş etmoqda, boşqa tomondan bu taşkilotni hokimiyatni Suriya jamiyatidagi barça diniy-etnik spektrni ifoda eta oluvçi inklyuziv hukumatg ötkazişga undamoqda.
Amerikalik diplomatlar amalda Hşni terrorçilik taşkilotlari röyxatidan çiqariş va keyinçalik Suriyaga qarşi sanksiyalarni yumşatiş masalasini körib çiqişga tayyorlikni körsatuvçi qator şartlarni belgilab berişgan.
AQŞ – ğarbning Suriyada ğalaba qozongan isyonçilar bilan aloqani yölga qöya boşlagan ilk davlati emas. Damaşqqa sönggi hafta davomida Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya va Yevroittifoqdan ham vakillar kelib ketişdi.
Al-Şar’a jahonning köplab naşrlariga berayotgan intervyularida terrorçilik taşkilotlari bilan ötmişdani aloqalarini butunlay uzgani va endi nisbatan mö’tadil qaraşlarga ega ekanini ta’kidlab kelmoqda. U şuningdek, jangçi sifatidagi Abu Muhammad al-Jölaniy taxallusidan ham voz keçgan.










