Isroil mudofaa vaziri Israel Kats ilk marta Hamas guruhi siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya joriy yil iyuli oxirida Tehronda öldirilişi ortida Isroil hukumati turganini tan oldi.

Kats Yamanda Eron kömagida Isroil böylab raketalar va dronlar uçirayotgan husiyçilarga qarşi kuraş haqida gapiraturib, bu voqeani ham eslab ötdi.

«Biz Hamasni mağlub etdik, «Hizbulloh»ni mağlub etdik, Eronning mudofaa tizimlari va işlab çiqariş tizimlarini işdan çiqardik, Suriyada Asad rejimini ağdarib taşladik, «yovuzlik öqi»ga kuçli zarba berdik», — dedi u 23 dekabr kuni.

Vazirning sözlariga köra, Isroil hukumati «husiyçilar infratuzilmasiga zarbalar bermoqda va ularning rahbariyatini boşsiz qoldirmoqda».

Biz Tehronda, Ğazo sektorida va Livanda [Ismoil] Haniya, [Yahyo] Sinvar va [Hasan] Nasrulloh bilan qilgan işlarimizni Hudayda va Sanoda ham qilmoqdamiz», — degan u joriy yilda «Hizbulloh» va Hamas guruhlari rahbarlari öldirilganini nazarda tutgan holda.

62 yoşli Haniya 31 iyul kuni Tehrondagi qarorgohida röy bergan portlaş qurboni bölgandi, öşanda u Eron poytaxtiga yangi prezident Mas’ud Pizişkiyonning inauguratsiya marosimiga kelgandi. Xabarlarga köra, u turgan uyga aviazarba yöllangan.

Uning vafotidan keyin Hamasga Yahyo Sinvar rahbar böldi, u 2023 yil oktyabrida Isroilga qilingan hujumning taşkilotçisi sifatida körilardi.

Sinvar 2024 yil oktyabrida Ğazo sektori hududida isroillik harbiylar bilan tasodifiy töqnaşuv çoğida halok böldi va guruhga şundan keyin yangi rahbar tanlanmagan.

Undan oldinroq, sentabr oyi oxirida Isroil mudofaa kuçlari Livan poytaxti Bayrut çekkasida «Hizbulloh» pozitsiyalariga aviazarbalar yölladi. Natijada taşkilot rahbari Hasan Nasrulloh halok böldi. Biroz ötib TSAHAL Nasrullohning vorisi Hoşim Safiuddinni ham öldirdi.

Yaman şimoli-ğarbini nazorat qiluvçi husiyçilar ötgan yil oktyabr oyida Isroil Ğazoda Hamasga qarşi amaliyot boşlaganidan köp vaqt ötmay Qizil dengizda isroilliklarning va boşqa davlatlarning kemalariga hujumlar uyuştirişni, şuningdek, Isroil hududi böylab raketa va dronlar uçirişni boşlagandi. Bunday hujumlar hamon davom ettirilmoqda.

Ötgan hafta şanba kuni isroillik harbiylar Yamandan uçirilgan snaryadlardan biri ötkazib yuborilgani va raketa Tel-Avivdagi park hududiga tuşgani haqida ma’lumot berdi. Husiyçilar vakili guruh gipertovuşli ballistik raketalar bilan harbiy nişonlarga zarbalar yöllanganini ma’lum qilgan.