Milliy tibbiyot markazi tarixda birinçi marta öng son suyagi distal qismi suyak infarkti böyiça murakkab jarrohlik amaliyotini muvaffaqiyatli amalga oşirdi.
Bu jarrohlik operatsiyasi Özbekistonda ortopedik jarrohlik sohasidagi yangi bosqiçni boşlab berdi va tibbiyot tarixida muhim yutuq sifatida qayd etildi.
Amaliyot davomida ortoped-jarrohlar suyakning qon bilan ta’minlanişini tiklab, nekroz jarayonining oldini olişga muvaffaq böldi. Bu usul bemorning soğliğini tiklaşda va soğlom hayotga qaytişida katta ahamiyat kasb etadi. Operatsiya natijasida bemor soğliği tezda barqarorlaşdi va uning harakatlaniş imkoniyatlari qayta tiklandi.

«Uşbu muvaffaqiyat, Milliy tibbiyot markazi jamoasining yuqori malakali mutaxassislardan taşkil topganligini va ilğor texnologiyalardan samarali foydalanişlarini yana bir bor tasdiqlaydi. Mazkur jarrohlik amaliyoti mamlakatimizda ortopedik jarrohlik sohasining rivojlanişini körsatadi va kelgusida yanada murakkab tibbiy amaliyotlarni amalga oşiriş uçun mustahkam asos yaratadi.
Muxtasar aytganda, Milliy tibbiyot markazi jamoasi bu muvaffaqiyatga erişiş bilan birga, yangi tibbiy texnologiyalarni rivojlantirişga va murakkab jarrohlik amaliyotlarini joriy etişga intilişlarini davom ettirmoqda», deyiladi xabarida.











