Ukrainalik yuqori martabali amaldor anonim qoliş şarti bilan The Washington Post gazetasiga Ukraina hukumati uruşi 2025 yilda yakunlanişi mumkinligiga «işonişni boşlaganini» ma’lum qildi.
Qayd etilişiça, Ukraina hukumati Donald Tramp AQŞ prezidenti etib saylanganidan keyin tinçlik muzokaralari haqida gaplar faollaşgani fonida şunday öylaşni boşlagan.
WP manbasi tinçlik muzokaralari böyiça ommaviy gap-sözlar bölmaganida «bunga işonmagan bölişini» ta’kidlagan. «Men Putin bilan biror kelişuvga erişiş mumkin deb öylamayman», — deydi amaldor.
The Washington Post’ning qayd etişiça, sönggi haftada Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy «öt oçişni töxtatiş böyiça muzokaralar olib borişga tayyorligini namoyiş etmoqda». Gazeta Zelenskiyning Ukraina egallab olingan barça hududlar, jumladan, Qrimni ham qaytarib olmagunça jang qilişi haqidagi ritorikasida «jiddiy özgariş» bölganini ma’lum qilmoqda.
Zelenskiyning gaplarini Ukraina va Ğarb rasmiylari ham payqagan. «Aftidan, buni front çiziğida vaziyat yomonlaşgani va AQŞda hokimiyat tepasiga kelajakda xavfsizlik sohasida Kiyevga körsatiladigan yordamlarni şubha ostiga qöygan administratsiya kelgani bilan tuşuntiriş mumkin», — deb yozadi gazeta.
The Washington Post manbalari Rossiya qöşinlari front çiziğida muvaffaqiyatga erişmagunça Vladimir Putin muzokaralarga tayyor bölişiga şubha bildirmoqda.
AQŞ davlat kotibi Entoni Blinken 19 dekabr kuni Amerikaning MSNBC telekanaliga bergan intervyusida ukrainaliklar «jangni davom ettiriş yoki muzokaralar olib boriş va öt oçişni töxtatişga uriniş böyiça fundamental qaror qabul qilişi kerak», degandi. Blinkenning sözlariga köra, Qöşma Ştatlarning amaldagi rahbariyati Kiyev va AQŞ keyingi ma’muriyatini 2025 yilda Kreml bilan potensial tinçlik muzokaralarini boşlaş uçun eng yaxşi holatga keltirişni maqsad qilgan.













