Beeline Uzbekistan mijozlari endi butun oila uçun yagona tarifga ulaniş imkoniyatiga ega böldilar. Unda bazaviy, fintex va köngiloçar xizmatlar taqdim etiladi. Yangi "Oila" lineykasi bitta raqamdan ikki kişidan beş kişigaça bölgan guruh uçun aloqa haqini tölaş imkonini beradi. Bu har bir raqam uçun alohida haq tölaşdan köra qulayroq va afzalroq. Tarifni boşqarişning noyob mexanizmi foydalanuvçilar uçun yangi imkoniyatlar yaratadi va xizmatlarni yanada qulaylaştiradi.
Odatda oila a’zolaridan biri nafaqat öz tarifini, balki turmuş örtoği, farzandlari va ota-onasining aloqa haqini ham tölaydi. Bunda ular aloqasiz qolib ketmasliklari uçun hisoblariga mablağ kelib tuşganligini kuzatib boriş, har biri uçun navbatdagi tölovni qaçon kiritiş kerakligini eslab qoliş, ularning xizmat paketlari böyiça qoldiqlarini nazorat qiliş kerak böladi.
"Oila" turkumi bu masalani samarali hal qiladi. Tarifni oila boşliği bitta raqamga ulaydi va umumiy telekommunikatsiya xizmatlaridan u taklif qilgan har bir kişi foydalanişi mumkin.
Taklifni qabul qilib, guruh a’zolari asosiy xizmatlar — daqiqalar, internet trafigi, SMS, şuningdek, KINOMda kontentni köriş imkoniyatiga ega böladilar. Qöşimça tölovsiz filmlar, seriallar va telekanallarni, şu jumladan Amediateka va Viju töplamlaridan ham tomoşa qiliş mumkin. Bundan taşqari, guruh egalariga Beepul ilovasida har oy tarifga qarab 10, 30 va 50 million söm miqdorida kartadan-kartaga foizsiz pul ötkaziş imkoniyati taqdim etiladi.
Yangi lineykada turli xil töldirmalarga ega uçta tarif mavjud. Beeline Uzbekistan'ning amaldagi mijozlari uçun "Oila Max" va "Oila Ultra" taklif etilmoqda. Ulardan birinçisida guruh uç kişidan iborat bölişi mumkin. "Oila Max" paketi Özbekiston böylab çeksiz qönğiroqlar, oyiga 1000 SMS va 120 GB internet, şuningdek, çeksiz tungi internetni öz içiga oladi. Tarif uçun oylik tölov 100 000 sömni taşkil etadi.
Oyiga 150 000 sömlik "Oila Ultra"da Özbekiston böylab çeksiz qönğiroqlar, oyiga 1000 SMS va 250 GB internet, çeksiz tungi internet beriladi. Bu oilaviy guruhda beş kişigaça bölişi mumkin.
Muhim: "Oila Max" va "Oila Ultra" tariflariga ötiş va guruhlarni boşqariş faqat hambi mobil ilovasida amalga oşiriladi. Şuningdek, u orqali guruhga a’zo böliş uçun yaqinlariga taklifnomalar yuboriladi.
Ikki foydalanuvçi uçun möljallangan "Oila Start" tarifi Beeline Uzbekistan’ning yangi mijozlari uçun taklif etilmoqda. Uni xizmat körsatiş ofislarida va kompaniya dilerlari orqali ulaş mumkin. 60 000 sömlik paketda Özbekiston böylab çeksiz qönğiroqlar, çeksiz tungi internet, 50 GB internet va oyiga 1000 ta SMS mavjud.












