Xitoyda 5G mobil aloqa tarmoği abonentlari soni 1 milliardga yetdi. Bu haqda mamlakat Sanoat va axborotlaştiriş vazirligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, noyabr oxirida 5G mobil aloqa tarmoği abonentlari soni 1,002 milliardga yetgan. Ular mamlakatdagi barça mobil aloqa abonentlarining 56 foizini taşkil qilmoqda — 2023 yil oxirida ularning uluşi 46,6 foiz bölgan.
Xitoydagi 5G bazaviy stansiyalari soni ötgan oy oxirlarida 4,2 millionga yaqinlaşgan. Şunday qilib, har 10 ming kişiga 29 ta 5G stansiyasi töğri kelmoqda.
Noyabr oyida XXR Sanoat va axborotlaştiriş vazirligi 2027 yil oxiriga borib mamlakatdagi individual foydalanuvçilarning 85 foizini 5G aloqa tarmoği bilan qamrab olişga oid harakatlar rejasini e’lon qilgandi. Şu bilan birga, uç yildan keyin har 10 ming kişiga 38 ta 5G bazaviy stansiyasi töğri kelişi kutilmoqda.
Özbekistonda esa 2023 yil mart oyidan mobil internet tezligini oşiriş va butun mamlakat böylab 5G texnologiyasini joriy etiş jarayoni boşlangan. Loyihaning birinçi bosqiçida 5G tarmoği bilan Toşkent şahrini tölaqonli qamrab oliş, şuningdek, viloyat markazlari qisman qamrab olinişi közda tutilgan. Işlar yakuniga yetgaç, respublika böylab 5G texnologiyasini joriy etişning keyingi bosqiçlari tahlil qilinadi.








