2024 yil dekabr oyida Toşkent şahridagi 77 ta davlat umumta’lim maktabi va 10 ta xususiy maktabdan 100 nafar öqituvçi kurslarni muvaffaqiyatli tamomlaganligi töğrisidagi sertifikatlarni qölga kiritdi. Öqituvçilar uçun uşbu ta’lim dasturida raqamli muhit xavfsizligi, neyron tarmoqlar va sun’iy intellektga alohida e’tibor qaratildi. Murabbiylar sifatida Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantiriş ilmiy-tadqiqot instituti hamda "Kiberxavfsizlik" markazi mutaxassislari taklif etildi.

AKT mutaxassislarining milliy zaxirasini yaratiş maktabdayoq boşlanişi kerak — bu fikrni hokimiyat, oliy öquv yurtlari va mamlakatning yetakçi kompaniyalari vakillari qöllab-quvvatlamoqda. TIUE va Beeline Uzbekistan qöşma dasturi böyiça ta’lim olayotgan öqituvçilar maktab öquvçilarini eng zamonaviy texnologiyalarga qiziqtirişlari lozim. 2024 yilda Beeline Academy’da öqituvçilar malakasini oşiriş dasturi böyiça birinçi diplomlarni Toşkentdan 110 nafar öqituvçi oldi. Ular Python dasturlaş tilini örganişdi, 3D grafika vositalari va Frontend dasturlaş asoslarini özlaştirişdi.

Bugungi kunda texnologiyalar, ayniqsa IT sohasidagi özgarişlar boşqa sohalarga qaraganda ança tez rivojlanmoqda. Öquvçilarga haqiqatan ham muhim va zamonaviy bilimlarni beriş ularning kelajakdagi muvaffaqiyati uçun zarurdir. Bu jarayonda özgariş va yangiliklardan xabardor böliş juda muhim. Şundagina biz bolalarni Özbekistonning rivojlanayotgan sohalarida kasb tanlaşga jalb qila olamiz va qöllab-quvvatlay olamiz. Taşkilotçilarga uşbu foydali bilimlarni berganlik uçun taşakkur aytaman, — dedi Toşkent şahridagi 17-umumta’lim maktabining informatika va axborot texnologiyalari fani öqituvçisi Mahmuda Habibullayeva.

"AI1440 kompaniyamizning rivojlaniş strategiyasi, Özbekistonning butun raqamli iqtisodiyoti kabi, IT sohasiga yangi ğoyalar va mazmun olib kirişi kerak bölgan yoş iste’dodli mutaxassislarga asoslangan. Şuning uçun biz bölajak kasbga birinçi qiziqiş paydo böladigan yetakçi oliy öquv yurtlari va maktablar bilan hamkorlik qilamiz. Işonçim komilki, dastur bitiruvçilari nafaqat mamlakatning yangi raqamli elitasini şakllantirişga yordam beradi, balki ularning özlari bizning intellektual elitamizning bir qismiga aylanadi," — dedi Beeline Uzbekistan boş direktori Andrey Pyataxin.

Beeline Academy 2023 yil oktabr oyida Beeline Uzbekistan va Toşkent xalqaro ta’lim universiteti (TIUE) bilan hamkorlikda taşkil etildi. Akademiya Özbekistonning yoş iste’dodlari, öqituvçilari va boşqa IT-mutaxassislariga mamlakat iqtisodiyotining turli sohalari uçun kadrlar tayyorlaş maqsadida axborot texnologiyalari va kiberxavfsizlik sohasida onlayn va oflayn ta’lim oliş imkoniyatini taqdim etadi. 2023 yilda butun mamlakatdan 50 nafar grant tanlovi ğoliblari kiberxavfsizlik sohasida malaka oşirganlik töğrisidagi birinçi sertifikatlarni olişdi.