Sanoqli oylar içida, qamal qilingan hududda yaşovçi bolalarning 17 mingdan ortiği öldirildi... “Demokratiya va inson huquqlari qörğoni” bölmiş Ğarbning qöllovi va quroli bilan.
Ikkinçi jahon uruşidan olingan şok “inson huquqlari”, “adolat va tenglik” şiorlari yuzaga kelişiga omil bölgandi. Biroq bu şiorlar millionlab oddiy odamlar tomonidan samimiy qabul qilingan bölsa-da, dunyo siyosiy elitasi uçun ular çiroyli parda bölganini, ortida boşqa niyatlar yaşiringanini bilib qoldik.
Biz – uruş körmagan örta va yoş avlod birmunça adolatli, tartibli, nizomlarga böysönadigan dunyo modelini ongimizga singdirgan ekanmiz. Biroq bu dunyo modeli sarob ekanini, bizni “uxlatib”, öşa – “adolatli dunyo”ni “tuşimizda” körsatişayotganini, “Matritsa” kinosidagi kabi voqelikda yaşayotganimizni payqab qoldik.
Faylasuflar insonlar sivilizatsiyasi ösmirlik davridan ötdi, ulğaydi deb tuşuntirgan edi bizga, şuni eşitib katta böldik. “Birlaşgan Millatlar Taşkiloti tuzildi, endi inson qadrini e’zoz etgan holda yaşaymiz” şiorlari Ikkinçi jahon uruşidan olingan şokdan keyin paydo bölgan ma’naviy böşliqni töldirgan edi.
Ha, şundan keyin ham uruşlar böldi, qonlar tökildi, biroq bularning hammasi qayerdadir uzoqda yuz berayotgan mayda işlar bölib körinar edi, baribir nizomlar-u qoidalar işlab turibdi-ku degan his ğolib edi.
Biroq mana bir yildirki, yuz berib turgan işlar hammasini ostin-ustin qilib yubordi. Butun dunyo köz öngida sanoqli oylarda 14 ming yoş bola öldirilgani va bu – dunyo kuçlilarining – öşa, “biz endi insonni aziz qilib yaşaymiz” deganlarning qöllovi, quroli bilan qilinayotgani – dunyo haqida bilganlarimizning hammasi yolğon ekanini körsatib qöydi!
Bedodlik kölami insoniyligini yöqotmagan har kimning dunyo tuzilişi haqidagi tasavvurini özgartirib yubordi.
“Matritsa” buzildi!..
Endi aniq bölyaptiki, Ikkinçi jahon uruşida ğolib kelganlar dunyoni bölib olgandan keyin aytgan – “inson huquqlari, adolat, tenglik” degan şiorlari şunçaki insoniyatni tinçlantiriş uçun aytilgan... yolğon bölgan.
Ha, bu şiorlar insoniyatga köplab foyda keltirdi, oddiy odamlar orasida ezgu tuyğularni uyğotdi, dunyo böylab minglab yaxşilikka xizmat qiluvçi katta-yu kiçik taşkilotlar, insonlarning birlaşmalari tuzildi.












