Xitoy hukumati Şarqiy Tibet platosida ulkan gidroelektr stansiya (GES) quriş loyihasini ma’qulladi, deb yozdi Reuters. GES Yarlung Tsangpo daryosida quriladi.

GES quriladigan daryo uçastkasidagi balandlik farqi 2 km, uzunligi 50 km, bu ulkan gidroenergetika salohiyatini ta’minlaydi. Yangi GES dunyodagi eng katta töğon böladi. U yiliga 300 million kVt/soat elektr energiyasi işlab çiqaradi – bu bilan uning quvvati Xitoyda joylaşgan hozirgi eng yirik GES – «Uç dara» quvvatidan uç baravar köproq böladi.

Yangi elektr stansiyasi mamlakatdagi eng yirik quriliş kompaniyalaridan biri Xitoyning Power Construction Corp of China kompaniyasi tomonidan quriladi. Qurilişga jami sarmoya 1 trillion yuandan (137 milliard dollar) oşişi kutilmoqda, bu esa stansiyani dunyodagi eng qimmat infratuzilma loyihasiga aylantiradi.

Xitoy rasmiylariga köra, loyiha atrof-muhitga jiddiy ta’sir körsatmaydi. Biroq, Hindiston va Bangladeş rasmiylariga köra, GES suv toşqini yoki quyi oqimda suv tanqisligiga olib kelişi mumkin.