Gao Şanven – Xitoydagi yetakçi investitsiya va moliya kompaniyalaridan biri SDIC Securities'ning boş iqtisodçisi.

“Biz Xitoyning real ösiş sur’ati va balki boşqa ayrim körsatkiçlar böyiça haqiqiy raqamlarni bilmaymiz”, – dedi u 19 dekabr kuni Vaşingtondagi Piterson xalqaro iqtisodiyot institutidagi nutqida.

Gaoning sözlariga köra, Xitoyning pandemiyadan keyingi davrdagi rasmiy makroiqtisodiy körsatkiçlari “unçalik ham töğri bölmasligi mumkin”. Rasmiylar YaIM ösişi salkam 5 foiz ekanini aytayotgan bölsa ham, iqtisodçi aslida “oxirgi 2-3 yilda örtaça 2 foizlik ösiş kuzatilayotgani”ni taxmin qildi.

“Agar bu taxminim töğri bölsa, kelgusi 3-5 yilda örtaça yillik ösiş 3-4 foiz oraliğida bölişini kutiş örinli böladi, deb öylayman”, – dedi u.

“Lekin biz [aniğini] bilmaymiz. Menimça, rasmiy raqamlar 5 foiz atrofida bölib qolaveradi”, – dedi taniqli ekspert.

Rasmiy Pekinga köra, ötgan yili mamlakat iqtisodiyoti 5,2 foizga ösgan. Mas’ullar 2024 yildagi ösiş “5 foiz atrofida” bölişini maqsad qilgan. Köplab iqtisodçilar bunday katta maqsadga erişilişiga şubha bildirgan.

The Economist'ning yozişiça, Gaoning haqiqiy YaIM ösişi 2 foizga yaqin bölişi mumkinligi haqidagi taxmini inflatsiyaning juda past darajada – 0,2 foiz ekaniga ham mos keladi. Bu darajadagi past inflatsiya hukumatning yuqori ösiş haqidagi bayonotlariga zid.

Gao öz nutqida işsizlik darajasi haqidagi ma’lumotlarni ham şubha ostiga oldi. U 2021–2023 yillar davomida şaharlardagi işsiz aholining umumiy soni 47 million kişi bölgani, lekin bu işsizlik körsatkiçida aks etmaganini aytdi.

Iqtisodçining fikriça, çakana savdodagi salbiy körsatkiçlar ayniqsa yoşlar orasida kelgusi iqtisodiy ösişga nisbatan işonç pastligini körsatadi. U yoşlar va örta yoşli aholi orasida iste’mol kayfiyati tuşib borayotganini aytarkan, ayniqsa yoşlarning iqtisodiy holati oğirligi, ular pullarini tejab işlatayotganini ta’kidladi: “Yoşlar bellarini mahkam boğlab, çiroqlarni öçirgança lapşa yeyişyapti”.